“Korrupsiya-kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi

“Korrupsiya-kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi



2022-yil 3-noyabr kuni Toshkent moliya institutining “Statistika va ekonometrika” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida “Korrupsiya-kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.  



 

Davra suhbatiga Yunusobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimlari kelib,  korrupsiya va uning jamiyatga salbiy oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o’tdilar. 








Tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha ravishda talabalarga kiber jinoyat to‘g‘risida ham ma’lumotlar berib o‘tishdi.
 

Tadbir juda qiziqarli va sermazmun oʻtdi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, oʻz savollariga mazmunli javob oldilar.

20:55 / 2022-11-04
Success helper
Success warning