Ta’lim sifatini oshirish amaliyot bilan chambarchas bog‘liq

Ta’lim sifatini oshirish amaliyot bilan chambarchas bog‘liq

2023-yil 3-aprel kuni “Bank hisobi va audit” kafedrasining ta’lim sifatini oshirish borasida talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash uchun “Hamkorbank” ATB Yangiyo‘l filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari M.Oromiddinov tomonidan Magistratura va kechki ta’lim fakulteti, 1-kurs “Bank ishi va auditi” va “Baholash ishi va rieltorlik” magistratura mutaxassisligi talabalari uchun “Tijorat banklarida ichki auditni tashkil etish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
 

Mahorat darsida “Bank hisobi va audit” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, dekan o‘rinbosari ham ishtirok etdilar.
 

M.Oromiddinov tijorat banklarida ichki auditni tashkil etilishining o‘ziga xos xususiyatlari, Markaziy bank tomonidan ichki auditga qo‘yilgan talablar, bank operatsiyalari ichki auditdan qanday o‘tkazilishini amaliy misollar bilan tushuntirib berdi.
 

Mahorat darsi talabalar o‘rtasida katta taassurot qoldirdi.

11:03 / 2023-04-04
Success helper
Success warning