“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan ijtimoiy-ma’naviy tadbir tashkil etildi

“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan ijtimoiy-ma’naviy tadbir tashkil etildi

2023-yilning 10-fevral kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani Shahriston mahallasida joylashgan 63-sonli ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida mahalla yoshlariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish maqsadida Toshkent moliya institutining Soliqlar va soliqqa tortish kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan ijtimoiy-ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod, Soliqlar va soliqqa tortish kafedrasi mudiri, professor Nargiza Kuziyeva hamda kafedra professor-o‘qituvchilari, shuningdek, Yunusobod tumani hokimligi mutassaddilari, Shahriston mahallasi faollari ishtirok etdilar.

 

Soliqlar va soliqqa tortish kafedrasi mudiri, professor Nargiza Kuziyeva o‘quvchi-yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning madaniy savodxonligi o‘sishi orqali inson kapitali sifatini yaxshilashga erishish mumkinligi yuzasidan o‘zining hayotiy tajribalari asosida fikrlarini bildirib o‘tdi.

 

Shoir Bobur Bobomurodning tashrifi, Buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan Badiiy kecha tadbirlariga ulanib ketdi. Tadbirda Yunusobod tumanidagi 63-sonli maktab o‘quvchilari tomonidan aytilgan Alisher Navoiy g‘azallari va ruboiylari tinglandi. Shoir Bobur Bobomurod ham o‘zining she’rlaridan mutolaa qilgani tadbirning yanada qiziqarli bo‘lishini ta’minladi.

 

Tadbir so‘ngida Yunusobod tumanidagi 63-sonli ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabining bilimli, tashabbuskor va zukko o‘quvchilariga kafedra tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.

 

Tadbir ishtirokchilarda ayniqsa, maktab o‘quvchilarida iliq tassurot qoldirdi.

17:37 / 2023-02-11
Success helper
Success warning