“Navoiy ijodi ila yashaymiz mudom” mavzusidagi maʻnaviy-maʻrifiy tadbir oʻtkazildi

“Navoiy ijodi ila yashaymiz mudom” mavzusidagi maʻnaviy-maʻrifiy tadbir oʻtkazildi

Millatimiz maʼnaviyati va adabiyotining soʼnmas siymosi Mir Alisher Navoiy tavalludi yurtimizning barcha muassasa hamda tashkilotlarida keng nishonlanmoqda.

 

2023-yil 8-fevral kuni “Moliya” kafedrasi pedagog-xodimlari tomonidan kafedra haftaligi doirasida buyuk mutafakkir xotirasi va ijodiga bag'ishlangan “Navoiy ijodi ila yashaymiz mudom” mavzusidagi tadbir o'tkazildi.

 

 

Tadbir mehmoni aktyor Shukrullo Sofiyev allomaning o‘lmas asarlaridan namunalar ijro etdi, shuningdek, talaba-yoshlarga Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati, uning badiiy-ilmiy merosi, mamlakatimizda ulug‘ shoir xotirasiga ko‘rsatilayotgan ehtirom, shoir asarlarining navqiron avlod tafakkurini boyitishdagi o‘rni haqida so‘zlab berdi.

 

 

Bundan tashqari, talabalar tomonidan Alisher Navoiy ruboiy va gʻazallaridan namunalar oʻqildi.

 

 

Shundan so'ng talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan tadbir ishtirokchilariga murojaat qildilar va mavzu doirasida tadbir mehmonining fikr-mulohazalari tingladi.

22:36 / 2023-02-09
Success helper
Success warning