Bolajonlarimiz uchun Navro‘z bayrami tashkil etildi

Bolajonlarimiz uchun Navro‘z bayrami tashkil etildi

Navro‘z - yashash, yasharish bayrami, tabiatning uyg‘onishi bilan bog‘liq yangi kunning boshlanishidir.

 

Bugun, 30-mart kuni Yunusobod tumanida joylashgan 21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun Toshkent moliya instituti tashabbusi bilan Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan bayramona tadbir tashkillashtirildi.

 

 

 

Unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

 

 

 

Bolajonlarga bahoriy bayram munosabati bilan osh tortildi, esdalik sovg‘alari ulashildi.

 

 

Institut “Moliyachi gulshani” ashula va raqs ansambli tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiq va raqslar, bayramga tashrif buyurgan “Sharq” guruhining chiqishlari tadbir ishtirokchilarining ko‘nglidan joy oldi, tadbirga bayramona ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Taʼkidlash joizki, bu kabi bayramona tadbirlar ertamiz umidi bo‘lgan bolajonlarimizning quvonchiga quvonch, xursandchiligiga xursandchilik qo‘shadi.

19:14 / 2022-03-30
Success helper
Success warning