“Assalom, Navro‘z – yangilanish va ezgulik, qadr-qimmat ayyomi!”

“Assalom, Navro‘z – yangilanish va ezgulik, qadr-qimmat ayyomi!”


Sharq donishmandlari: “Xalqning yaxshiligi uning tabiatidadir”, deydilar. Tabiatning yangilanishi, yangi kun paydo bo‘lishi ramzi bo‘lgan, bahorgi teng kunlik kunida nishonlanadigan Navro‘z asrlar qa’ridan bizgacha yetib kelgan ana shunday umumxalq bayramiga aylandi. 

Bayram munosabati bilan institutimizda uzoq yillar faoliyat olib borgan, ayni vaqtda nafaqada keksalik gashtini surayotgan professor-o‘qituvchilar, faxriy xodimlar holidan xabar olindi. Ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.









Shuningdek, joriy yil 28-mart kuni "Shoxsaroy" bazmgohida barcha institutimiz xodimlari, professor-o'qituvchilari va talabalarimiz uchun Navro'z umumxalq bayram kechasi bayram dasturi tashkil etildi.




















Dasturda taniqli san’atkorlar, yosh estrada ijrochilari va raqs jamoalari, badiiy havaskorlar va folklor jamoalarining chiqishlari bo'lib o'tdi.
























































Eslatib o'tamiz, 26-mart kuni institumiz talabalar turar joylarida bahoriy bayram munosabati bilan talabalarimiz uchun osh tayyorlangan va turli xil sport musobalari tashkil etilgan edi.

18:00 / 2022-03-28
Success helper
Success warning