Toshkent viloyat Davlat soliq boshqarmasida Toshkent moliya instituti talabalari uchun  “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi

Toshkent viloyat Davlat soliq boshqarmasida Toshkent moliya instituti talabalari uchun  “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi

2021/2022 o‘quv yili bitiruvchilari va asosiy ish beruvchilar o‘rtasida muloqotni tashkil etish maqsadida 2021-yil 2-dekabr kuni Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasida Toshkent moliya instituti talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida talabalar Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi faoliyati, tizim xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.





Shuningdek, tadbir talabalar davlat soliq xizmati organlari xodimlarining “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida olib borayotgan faoliyati, erishilayotgan natijalar bilan ham yaqindan tanishdi. Bundan tashqari, talabalar bilan soliq tizimida korrupsiyaning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.






Mazkur tadbir talabalarning davlatimizning soliq siyosati, soliq tizimi haqidagi tushunchalari, soha faoliyatiga oid bilimlarini boyitishga yordam beradi. Qolaversa, ularning kelgusida mazkur yo‘nalishda ishlashga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.


12:52 / 2021-12-03
Success helper
Success warning