Odam savdosi va OITSga qarshi kurashish mavzusidagi profilaktik tadbir

Odam savdosi va OITSga qarshi kurashish mavzusidagi profilaktik tadbir

Joriy yilning 29-aprel kuni institut talaba-yoshlari va professor- o‘qituvchilari orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitini yanada sog‘lomlashtirish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida “Odam savdosi va OITSga qarshi kurashish” mavzusidagi profilaktik tadbiri bo‘lib o‘tdi.
 
Tadbirda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘limi hodimlari podpolkovnik S.A.Ro‘ziyev, podpolkovnik Z.A.Abdurahmonov, Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik R.Qurbonov va Respublika OITSga qarshi kurash bo‘limi mudiri A.Q.Bahromov, institut rahbar hodimlari, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
 
 
Tadbirda odam savdosi muammosining dolzarbligi mamlakatimizda ushbu jinoyatga qarshi kurashish borasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. O‘z huquqini yaxshi bilmaslik, katta daromad ilinjida xorijdan ish izlash va oxir-oqibat turli aldovlarga ishonib qolish fuqarolarni odam savdosi jabrlanuvchisiga aylanib qolayotganligi mutaxassislar tomonidan ta’kidlab o‘tildi. Ma’ruza davomida OITS infeksiyasi va uning yuqish yo‘llari, OITS tarqalishiga qarshi yurtimizda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar xususida ham mutaxassislar gapirib o‘tdi. Har qanday yuqumli va boshqa kasalliklarni oldini olish uchun tibbiy madaniyatni yuksaltirish muhimligini, salomatligimiz o‘z qo‘limizda ekanligini ta’kidlandi.
 
 
 
Tadbir davomida institut talaba-yoshlari mutaxassislar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
 
11:44 / 2022-04-30
Success helper
Success warning