Baholash kompaniyalariga yangi startap loyihaning taqdimoti o'tkazildi

Baholash kompaniyalariga yangi startap loyihaning taqdimoti o'tkazildi

Joriy yilning 5-aprel kuni Toshkent moliya institutida “Priceme.uz-baholash kompaniyalari uchun yagona interaktiv portal” startap ishlanmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

Taqdimotda institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A.Islamkulov, Ilmiy - innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i N.Mavlanov va 20 dan ortiq baholash kompaniyalari xodimlari ishtirok etishdi.  

 

 

Innovatsion ishlanma mualliflari “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi dotsenti, PhD A.Shomirov va “Iqtisodiyot” fakulteti 3-kurs talabasi J.Baxranovlar platformaning ishlash tartibi va mohiyatini batafsil yoritib berishdi.

 

 

 

Taqdimot  savol-javoblarga boy yuqori saviyada tashkil etildi.  Taqdimotda qatnashchilari ushbu startap ishlanma baholash kompaniyalarida xizmat sifatini oshirishga, baholatuvchilarning ortiqcha ovoragarchiliklarini oldini olishga, ortiqcha vaqt sarflanmaslikka va korrupsion holatlarga barham berishga xizmat qilishini taʼkidladilar.

 

17:59 / 2022-04-05
Success helper
Success warning