Texnikum bitiruvchilarini institutga qabul qilish bo‘yicha suxbat jarayonlari boshlandi

Texnikum bitiruvchilarini institutga qabul qilish bo‘yicha suxbat jarayonlari boshlandi

 

Bugun, 2023-yil 21-avgust kuni texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni institutning mos bakalavriat ta’lim  yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayonlari boshlandi.







 

Moliya va moliyaviy texnologiyalar hamda soliqlar va soliqqa tortish ta’lim yo‘nalishlariga texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha bugun bo‘lib o‘tgan suhbat komissiyasi ishida institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Mexmonov, ish beruvchi vakili - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bo‘limi boshlig‘i B.Ulug‘ov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bosh mutaxassisi O.Saxibov va boshqalar ishtirok etdi.








 



 

Suhbat jarayonlarining shaffof va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida ushbu jarayon to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkazildi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri abiturientlar va ularning ota-onalari uchun ajratilgan institutning 1-ma’ruzalar zaliga ovozli tarzda onlayn translyatsiya qilib borildi.









 

Suhbat natijalari shu kunning o‘zida abiturientlarga o‘qib eshittirildi va e’tirozlar bo‘lgan taqdirda apellyatsiya komissiyasiga o‘rnatilgan tartibda murojaatlari qilishlari mumkinligi ma’lum qilindi.

 

Suhbat jarayonlari ertaga ham davom etadi.

 

21:00 / 2023-08-21
Success helper
Success warning