“Qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari va ularni oldida turgan muammolar” mavzusida davra  suhbati tashkil etildi

“Qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari va ularni oldida turgan muammolar” mavzusida davra  suhbati tashkil etildi

2022-yil 16-noyabr kuni “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi tomonidan “Qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari va ularni oldida turgan muammolar” mavzusida davra  suhbati tashkil etildi.

 

Davra suhbatida “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti talabalari bilan Toshkent viloyati Piskent tumani fermer xo‘jaliklari kengashi qoshidagi “Buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritish markazi” ning tajribali  buxgalterlari Rasulova Maxfuza Ubaydullayevna hamda Tilovbekov Begjon Toshmanovich ishtirok etib, “Qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari va ularni oldida turgan muammolar” mavzusi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

 

 

Bugungi kunda dolzarb bo‘lgan qishloq xo‘jaligi klasterlarida buxgalteriya hisobini yuritish, fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tashkil qilishdagi muammolar keng muhokama qilindi. Davra suhbatida talabalar jonli muloqotlar o‘tkazildi va ular savollariga aniq javoblar olishdi.

 

 

Davra suhbati qiziqarli va mazmunli bo‘ldi.  

18:14 / 2022-11-16
Success helper
Success warning