Mahalla yoshlari oʻrtasida “Rektor kubogi” final bosqichi boʻlib oʻtdi

Mahalla yoshlari oʻrtasida “Rektor kubogi” final bosqichi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash hamda “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorligi doirasida Toshkent moliya instituti tomonidan 5 muhim tashabbus doirasida mahalla yoshlar oʻrtasida oʻtkazib kelinayotgan “Rektor kubogi” mini-futbol musobaqalarining final bosqichi boʻlib oʻtdi. 

“Rektor kubogi” final bosqichida saralash oʻyinlari gʻoliblari boʻlgan Uchtepa tumani “Quyi Darxon” va “Uchtepa” mahallalari hamda Yunusobod tumani “Bodomzor” va “Xiyobon tepa” mahallalari yoshlaridan iborat jamoalari oʻzaro belashishdi.




















Final bosqichi natijalariga koʻra quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:
 

I oʻrin Uchtepa tumani “Quyi Darxon” mahalla jamoasi;

II oʻrin Yunusobod tumani “Xiyobon tepa” mahalla jamoasi;

III oʻrin Uchtepa tumani “Uchtepa” mahalla jamoasi.
 

Musobaqa gʻolibi boʻlgan “Quyi Darxon” mahalla jamoasiga “Rektor kubogi” tantanali ravishda topshirildi. Barcha final oʻyinlari gʻoliblari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.














 

14:25 / 2021-12-18
Success helper
Success warning