TMI talabalari “STUDENTS CUP-2021” tanlovida gʻolib boʻlishdi! 

TMI talabalari “STUDENTS CUP-2021” tanlovida gʻolib boʻlishdi! 

Joriy yilning 11-dekabr kuni Toshkent moliya institutida IT Park tashabbusi bilan Dubai Future Foundation bilan hamkorligida tashkil etilgan  “STUDENTS CUP-2021” tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi. 

Tanlovning final bosqichida barcha oliy taʼlim muassasalaridan jami  19 ta jamoa yetib kelgan edi. Mazkur jamoalar orasida 2tasi Toshkent moliya institutining talabalaridan iborat boʻlib, talabalarimiz Meden. Unity Group va Teamwork.uz loyihalari bilan ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, final bosqichida  “Moliya” fakultetining 2-bosqich talabasi Muhammadyusuf Kurbanov Teamwork.uz jamoasi bilan birgalikda faxrli 2-oʻrinni egalladi!
 
“STUDENTS CUP-2021” final bosqichida har bir jamoa dolzarb va juda ham qiziq loyihalari bilan ishtirok etishdi. Tadbir soʻngida gʻolib jamoalar aniqlandi va pul mukofoti bilan taqdirlandilar:

1- Mentor.me 10000$ ;
2- Teamwork.uz – 6000$;
3- Lalu.uz – 4000$.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki,  Talabalar oʻrtasida tadbirkorlik va startap ekotizimini rivojlantirish maqsadida IT Park tashabbusi bilan Dubai Future Foundation hamkorligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida har yili oʻtkazilib kelinmoqda. Tanlovda universitetlarning har bir inkubatsiya markazidan jami 125 ta loyiha ishtirok etdi: Toshkent shahridan – 46 ta, Qashqadaryo viloyatidan – 16 ta, Samarqand viloyatidan – 5 ta, Jizzax viloyatidan – 27 ta, Xorazm viloyatidan – 10 ta, Sirdaryo viloyatidan – 2 ta, Fargʻona viloyatidan – 19 tadan.


 

13:04 / 2021-12-13
Success helper
Success warning