QUACQUARELLI SYMONDS (QS) XALQARO REYTING AGENTLIGINING ROSSIYA, SHARQIY YEVROPA VA MARKAZIY OSIYO REGIONLARI BOʻYICHA DIREKTORI SERGEY XRISTOLYUBOV BILAN TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI RAHBARIYATI OʻRTASIDA UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

QUACQUARELLI SYMONDS (QS) XALQARO REYTING AGENTLIGINING ROSSIYA, SHARQIY YEVROPA VA MARKAZIY OSIYO REGIONLARI BOʻYICHA DIREKTORI SERGEY XRISTOLYUBOV BILAN TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI RAHBARIYATI OʻRTASIDA UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI


 
2023-yil 28-aprel kuni Toshkent moliya institutiga QUACQUARELLI SYMONDS (QS) Xalqaro reyting agentligining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo regionlari boʻyicha direktori Sergey Xristolyubov tashrif buyurdi. Uchrashuvda Toshkent moliya instituti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor S.Mehmonov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor A.Islamkulov, institutning Xalqaro reytinglar bilan ishlash boʻlimi xodimlari ishtirok etdilar. 













Uchrashuv jarayonida Toshkent moliya institutining QS Asia University Rankingsdagi munosib oʻringa ega boʻlganligini eʼtirof etildi. Shuningdek, QUACQUARELLI SYMONDS (QS) Xalqaro reytingida ishtirok etishning asosiy mezonlari muhokama qilindi. QS Stars afzalliklari, institutning xalqaro doriradagi mavqeiga taʼsiri kabi masalalar koʻrib chiqildi. Toshkent moliya institutining xalqaro reytinglardagi oʻrnini yanada mustahkamlash, dunyo oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida munosib reytingga ega boʻlishi uchun eʼtibor qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar, ustuvor yoʻnalishlar borasida fikr almashildi.

21:00 / 2023-04-28
Success helper
Success warning