Toshkent moliya instituti tomonidan 21-sonli mehribonlik uyi bolajonlariga “Yangi yil” bayram sovgʻalari topshirildi

Toshkent moliya instituti tomonidan 21-sonli mehribonlik uyi bolajonlariga “Yangi yil” bayram sovgʻalari topshirildi

Yangi yil hammadan koʻra bolajonlarga katta quvonch va orzu-umidlar bagʻishlaydi.

Shu sabab qish fasli kelishi bilan jajji qalblar quvonchga toʻladi. Bolajonlarning ana shunday quvonchlariga sherik boʻlish, ularni yanada xursand qilish va ayniqsa, mehr va eʼtiborga muhtoj boʻlgan bolalarni bayram bilan qutlash maqsadida Toshkent moliya instituti jamoasi tomonidan Yunusobod tumanida joylashgan 21-sonli mehribonlik uyi bolajonlariga “Yangi yil” bayrami munosabati bilan bayram sovgʻalari topshirildi.

Ertak qahramonlari, qorbobo va qorqiz tashrif buyurgan tadbir bolajonlarga yangi yil kayfiyatini bagʻishladi. 

Tadbir davomida bolajonlarning har biriga institut rahbariyati tomonidan kitoblar va bayram sovgʻalari topshirildi.




















17:35 / 2021-12-30
Success helper
Success warning