Talabalar o’rtasida “ZAKOVAT” intellektual o’yini o’tkazildi

Talabalar o’rtasida “ZAKOVAT” intellektual o’yini o’tkazildi

Toshkent Moliya Instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti “Iqtisodiy tahlil” kafedrasi ma’naviyat haftaligi doirasida 4-noyabr kuni XBA-80 va BT-80 guruhlari talabalari o’rtasida “ZAKOVAT” intellektual o’yini o’tkazildi.







 

Bellashuvda “Iqtisodiy tahlil” kafedrasi mudiri U.Yakubov, kafedra pedagog-o’qituvchilari, fakultet tyutorlari, har bir guruhdan 6 nafardan talaba jamoa hisobida hamda boshqa guruh talabalari qatnashishdi.   Qizg’in bahs-munozarali savol-javoblar 2 ta jamoa a’zolari ham o’z bilimlarini, aqliy salohiyatlarini namoyon qilishdi. Bellashuvda g’olib va mag’lub tomon bo’lganidek, XBA-80 guruh jamoasi 5:4 hisobda g’olib bo’lishdi. Goliblarga esdalik uchun diplomlar bilan taqdirlandi.



 

20:04 / 2021-11-04
Success helper
Success warning