DIQQAT TANLOV!

DIQQAT TANLOV!

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Ulug‘bek” jamg‘armasi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Iqtidorli yoshlar-vatanimiz kelajagi” nomli iqtidorli talabalar, magistrlar, doktorontlar va yosh olimlar o‘rtasida yilning eng yaxshi maqolasi tanlovini o‘tkazishni ma’lum qiladi.

 

 Ilmiy maqolalarni topshirish muddati: 2019-yilning 12-noyabr kuniga qadar. Maqolalarning qog‘oz va elektron variantlarini Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga topshirishingizni so‘raymiz (Rektorat binosi, 4-qavat, 403-xona).

 

 Savollar bo‘yicha 71 235-69-49 yoki (94) 613-00-96 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

12:10 / 2019-11-09
Success helper
Success warning