TALABALAR DIQQATIGA!

TALABALAR DIQQATIGA!

 Hurmatli talaba-yoshlar!

 

 Siz 2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, Navoiy va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etmoqchimisiz?

 

 Unda shoshiling!

 

 Institut iqtidorli talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi Sizlarga ushbu tanlovda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.

 

 2020 yil 10-15 fevral kunlari dars mashg‘ulotlaridan so’ng 1,2,3-kurs talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiati, Navoiy va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiatlari ishtirokida mazkur tanlovda ishtirok etish tartibi va shartlari bo‘yicha uchrashuv o‘tkaziladi.

 

 Uchrashuv dars mashg‘ulotlaridan keyin, tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

 

 Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talaba o‘zi haqidagi quyidagi ma’lumotlarni iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi telegramiga 2020-yil 7-fevralga qadar jo‘natishlarini so‘raymiz.

 

 1. Talabaning familiyasi, ismi va otasining ismi.

 

 2. Talaba o‘qiydigan fakultet, ta’lim yo‘nalishi va guruh raqami.

 

 3. Telefon raqami.

 

 Fakultetlar kesimida tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar ro‘yxati shakllangandan so‘ng uchrashuv sanasi va vaqti belgilanadi. Bu haqda Sizga 2020-yil 8-fevral kuni ma’lum qilinadi.

 

Bo‘limning telegram raqami: (94) 218-11-96.

 

19:55 / 2020-02-04
Success helper
Success warning