“Eng yaxshi ilmiy maqola” onlayn konferentsiya-tanlovi

“Eng yaxshi ilmiy maqola” onlayn konferentsiya-tanlovi

Toshkent moliya institutida 2020 yil 11 may kuni talabalar va magistrantlar o‘rtasida “O‘zbekistonda bank, moliya hamda buxgalteriya hisobini rivojlantirishning dolzarb muammolari va ularning echimlari” mavzusida “Eng yaxshi ilmiy maqola” onlayn konferentsiya-tanlovi o‘tkaziladi

Mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olishda eng muhim chora karantin tartibi joriy qilinishi sababli mazkur konferentsiya-tanlov  onlayn rejimida o‘tkaziladi.

Konferentsiyada ishtirok etishni xohlovchi  talabalar va magistrantlar quyidagi yo‘nalishlarda maqolalari  bilan ishtirok etishlari mumkin:

👉 Mamlakatimizda iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni rivojlantirish orqali O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yanada yuksaltirish;

👉 O‘zbekistonda moliya, bank va soliq tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari;

👉 Iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, ishbilarmonlik muhiti va investitsiyaviy jozibadorlikni yaxshilash masalalari;

👉 Bank va moliya tizimini isloh qilish hamda sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish istiqbollari;

👉 Buxgalteriya hisobi tizimi hamda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga moslashtirish yo‘nalishlari.

 

Konferentsiya-tanlovga kelib tushgan maqolalar yuzasidan “Eng dolzarb mavzudagi maqola”, “Eng yaxshi ilmiy asoslangan maqola”, “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” nominatsiyalar bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.

G‘olib talabalarning maqolalari mamlakatimizning etuk olimlari qatori Toshkent moliya institutining “Halqaro moliya va hisob”  ilmiy-elektron jurnalida  nashr etiladi va maxsus faxriy yorliq bilan taqdirlanadi. Saralash komissiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha maqolalar ilmiy-amaliy konferentsiya to‘plamida nashr etiladi.

Maqolalar 2020 yilning 5 mayigacha o‘zbek,  rus va ingliz tillarida elektron shaklda qabul qilinadi. Maqola muallifi konferentsiya o‘tkaziladigan kundan besh kun oldin tashkilotchi bilan bog‘linib ishtirokini tasdiqlashi shart. Konferentsiya ZOOM Cloud Meetings orqali onlayn o‘tkaziladi, ro‘yxatdan o‘tgan qatnashchilar konferentsiyaga telegram orqali taklif qilinadilar.

Maqolalar khalikulova78@mail.ru elektron pochtasi hamda +998977488422 raqamli telegram aloqasi orqali qabul qilinadi.

19:00 / 2020-04-09
Success helper
Success warning