“Ajdodlar yodi: Amir Temur vaTemuriylar tarixi”

“Ajdodlar yodi: Amir Temur vaTemuriylar tarixi”

12.04.2019 kuni “Kasbiy ta’lim” kafedrasi tashabbusi bilan Amir Temur tavalludining 683 yilligi munosabati bilan “Ajdodlar yodi: Amir Temur va Temuriylar tarixi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirga taklif etilganlar:

Mavlonov Zayniddin Nosiriddinovich-Temuriylarning 20-sulolasi Boburiy shahzoda Abuzaffar Sirojiddin Muhammad Bahodir Shoh chevarasi.

L.Zoyirov- Toshkent moliya instituti “Menejment” fakulteti dekani.

Sh.A.Allayarov- “Kasbiy ta’lim” kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

Sh. Gʻaniyev- “Kasbiy ta’lim” kafedrasi dotsenti.

Tadbir avvalida Amir Temurning hayoti va jasorati haqida “Kasbiy ta’lim” kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. Sh.A.Allayarov talabalarga ma’lumotlar berdi.

Soʻng, mehmon Mavlonov Zayniddin Nosiriddinovich oʻz sulolasi 1857-1858 yillarda Hindistonda qay ahvolda yashagani toʻgʻrisida soʻzlab berdi:

“…O’tgan eski tuzum- sovetlar davrida biz Boburiylar oʻzimizni tanitishimiz mumkin emas edi”-deydi Zayniddin bobo. Qizil saltanat davrida Boburiylar avlodidan hech kim qolmagan, degan qarashlar yuzaga kelgan edi. Faqatgina mustaqillikdan soʻng, bu sulola yashab kelayotgani ma’lum boʻldi”.

Tadbir yakunidagi savol-javoblardan soʻng ajdodlarimizga boʻlgan faxr yanada oshdi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

 

15:40 / 2021-01-06
Success helper
Success warning