"Birja treyderlarining qisqa muddatli investitsiyalash faoliyati" mavzusida seminar-trening
2019-yil 4-noyabr kuni TMIning Magistratura bo'limida "Baholash va investitsiyalar" kafedrasi tomonidan "Birja treyderlarining qisqa muddatli investitsiyalash faoliyati" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningni amaliyotchi mutaxassis “Lexx international” kompaniyasi treyderi Akram Rabiev olib bordi. Seminarda kafedra professor-o'qituvchilari, IB-5, BIR-5 magistrantlari ishtirok etdilar.
Seminar-treningda mutaxassis asosiy e’tiborni treyderlar va ularning faoliyatiga qaratdi. Shu bilan birgalikda, jahonning yetakchi birjalarida aksiya, obligatsiya, fyuchers, opsionlar bilan ishlash tartibi, ular bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar, qisqa muddatli investitsiyalashni amalga oshirish jarayoni yoritib berildi.