Tijorat banklari ish faoliyati, nazariya va amaliyotdagi tafovutlar

Tijorat banklari ish faoliyati, nazariya va amaliyotdagi tafovutlar

 2019-yilning 28-oktyabr kuni TMIning Magistratura bo'limi 122-o’quv auditoriyasida "Baholash va investitsiyalar" kafedrasi pedagoglari tashabbusi bilan “Tijorat banklari ish faoliyati, nazariya va amaliyotdagi tafovutlar” mavzusida amaliyotchi mutaxassis ishtirokida seminar tashkil etildi. Mazkur seminarga «Hamkorbank» ATB “Murojaatlar bilan ishlash” departamenti yetakchi mutaxassisi Abduvahobov Vosilxon Bahodir o’g’li taklif qilindi. Seminarda kafedra professor-o'qituvchilari bilan bir qatorda birinchi bosqich IB-5 va BIR-5 guruh magistrantlari ishtirok etdilar.

 

 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 25-oktyabr kuni bank tizimini isloh qilish va banklarning investitsiyaviy faolligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish natijalariga hamda «Hamkorbank» ATBning bugungi kundagi faoliyati, faoliyatni raqamli iqtisodiyot asosida yuritish hamda bankning investitsiya siyosatini rivojlantirish istiqbollari haqida so’z bordi.

 

 

23:20 / 2019-10-28
Success helper
Success warning