Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi yuzasidan General-polkovnik Zokirjon Almatov bilan ochiq muloqot.

Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi yuzasidan General-polkovnik Zokirjon Almatov bilan ochiq muloqot.

     2020-yil 31-yanvar kuni Toshkent moliya institutida Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov hamda O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Yodgor Sa’diyevlar ishtirokida O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan "Ochiq muloqot" o’tkazildi.

 

     Dastlab, institut rektori U.Azizov O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo‘lida bor salohiyatini safarbar etadigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor ekanligini ta’kidlab o’tdi.

 

    Shundan so'ng, general-polkovnik Z.Almatov mustaqillik yillarida mamlakatimiz boshidan kechirgan qiyinchiliklar va tazyiqlarni xalqimiz qanday yengib o'tganini hamda mamlakatimizda yoshlarni ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining eng muhim vazifalardan sanalishini yeg’ilganlarga tushuntirdi.

 

     Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ichki ishlar idoralari vakillari bilan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishiga tayyorlangan videorolik ham namoyish etildi. Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasida samaradorlikni yanada oshirishning muhim omili sanalgan ustuvor jihatlarga yana bir bor e’tibor qaratildi.

 

    Uchrashuvda O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’dievning vatanparvarlik, yurtga sodiqlikni targ’ib etuvchi she’rlari hamda ijro etgan go‘zal qo‘shiqlari davraga yanada fayz bag‘ishladi.

 

    Tadbir yakunida institut rektori U.Azizov mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, qadrdon mexmonlarga esdalik sovg'alarini taqdim etdi.

 

 

10:02 / 2020-01-31
Success helper
Success warning