Toshkent moliya instituti va akademik A.Kuatbekov nomidagi Qozog‘iston Xalqlar do‘stligi universiteti bilan hamkorlik

Toshkent moliya instituti va akademik A.Kuatbekov nomidagi Qozog‘iston Xalqlar do‘stligi universiteti bilan hamkorlik

2019-yilning 28-fevral va 1-mart kunlari akademik A.Kuatbekov nomidagi Qozog‘iston Xalqlar do‘stligi universitetining strategik rejalashtirish va rivojlantirish ishlari bo‘yicha prorektori, dotsent Suleymenova Balxiya Serikbayevna va “Iqtisod va huquq” kafedrasi dotsenti Kupesheva Aygul Kuanishevnalar hamkorlik doirasida institutga tashrif buyurdilar. Toshkent moliya instituti rahbariyati va akademik A.Kuatbekov nomidagi Qozog‘iston Xalqlar do‘stligi universiteti vakillari tomonidan hamkorlikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan tadbirlar yo‘l xaritasi ishlab chiqildi va imzolandi. Shuningdek, Kupesheva Aygul Kuanishevna va Suleymenova Balxiya Serikbayevnalar "Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi professor-o‘qituvchilari va "Moliya" fakultetining iqtidorli talabalari uchun seminar-trening soatlarini o‘tkazdilar.

 

 
15:26 / 2020-10-08
Success helper
Success warning