“Tadbikor ayol- elga madadkor”

“Tadbikor ayol- elga madadkor”

2019-yil 5-mart kuni institut Magistratura bo‘limi tomonidan “Tadbikor ayol- elga madadkor” mavzusidagi davra suhbat tashkil qilindi. Davra suxbatida “Tadbirkor ayol» O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining Toshkent shahar bo‘limining raisi Yuldasheva Vazira Abdullaevna, “Naumxon” MCHJ va “Fayz otash” XF ta’sischisi tadbirkor ayol Sayfuddinova Gulxanoy Ziyadovna, institut Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi B.Nurmuhamedova, Magistratura bo‘limi xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi N.Jiyanova, Moliya  fakulteti xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi D.Bababekova, “Moliya” kafedrasi PhD M.Pulatova va magistratura bulimining 1-kurs talaba qizlari qatnashdilar.

Davra suhbatida ayollarning bozor munosabatlarining rivojlanish jarayonida ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratilishi, o‘zaro ishonch va ishbilarmonlik muhitining mustahkamlanishi, innovatsiya ta’lim dasturlarini joriy etilishi, ayollar mehnatining raqobatbardoshligini oshirish, ayollarning iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlarini yaxshilashning institutsional yuridik mexanizmlari va tadbirkor ayollarning huquqiy jihatdan qo‘llab quvvatlashnishi bo‘yicha savol va javoblar bo‘ldi.

Magistratura bo‘limi “Tadbikor ayol-elga madadkor” mavzusidagi davra-suhbatida faol ishtirok etgan Tadbirkor ayollarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

15:24 / 2020-10-08
Success helper
Success warning