Ochiq dars

Ochiq dars

Iqtisoyot nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Xasanxonova tomonidan 2019-yil 4-mart kuni “G‘aznachilik va davlat jamg‘armalari” fakulteti 1-kurs BPI-60, BBI-60 guruhlarida (403 o‘quv xonasi) 2018 yil 4 sentyabrda Toshkent moliya instituti rektori tomonidan tasdiqlangan institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 2018/2019 o‘quv yili 1-yarim yilligida o‘tkaziladigan ochiq darslar jadvaliga muvofiq “Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy korsatkichlari. Milliy hisoblar tizimi” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.

Dars mashg‘uloti taqdimot asosida, muammoli va erkin muloqot tarzida olib borildi. Dars yakunida talabalar tomonidan mavzu oʻzlashtirilganligi savollar orqali aniqlandi va ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

Ochiq darsda “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi mudiri X.Asatullayev, kafedra pedagog – xodimlari E.Akromov, S.Abdulxalilova va U.Zaynutdinovalar ishtirok etdilar.

 

15:22 / 2020-10-08
Success helper
Success warning