“TOSHKENT” RESPUBLIKA FOND BIRJASIDA SAYYOR DARS

“TOSHKENT” RESPUBLIKA FOND BIRJASIDA SAYYOR DARS

2019 yil 27 mart kuni “Toshkent” Respublika Fond birjasi hamda Toshkent moliya instituti “Moliya” kafedrasi dotsenti F.Xamidova, “Moliyaviy menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD D.Abdikarimova va Moliya fakulteti MM-90,91 guruh talabalari ishtirokida sayyor dars tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda talabalarga dars “Toshkent” RFBning yetakchi mutaxassislari tomonidan olib borildi, unda birja faoliyati batafsil yoritib berildi, jumladan: «Toshkent» Respublika fond birjasi O‘zbekiston prezidentinig “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” farmoni № 745 ko‘ra 8 aprel 1994 yilda shakllangan. Uning faoliyati respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati bilan yaqindan bog‘liq.

“Toshkent” RFBning maqsad va vazifalari belgilangan tartibda ma’lum bir qimmatli qog‘ozlarning erkin aylanishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash orqali birja savdosini tashkil etish va o‘tkazish yo‘li bilan qimmatli qog‘ozlarning savdosini rivojlantirishdan iborat. Bunda qimmatli qog‘ozlarning bozor narxini shakllantirish nuqtai nazaridan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi axborotlarni oshkor qilib boradi.

Uchrashuv munozara shaklida bo‘lib o‘tdi, muhokama qilingan masalalar yuzasidan talabalar tomonidan bir qator savollar berildi. Dars natijalariga ko‘ra, faol talabalarga “Toshkent” RFB tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

15:38 / 2021-01-06
Success helper
Success warning