Oʻquv rejalarini ishlab chiqish boʻyicha kadr iste'molchilari bilan fikr almashinildi

Oʻquv rejalarini ishlab chiqish boʻyicha kadr iste'molchilari bilan fikr almashinildi

2022-yil 11-iyun kuni Toshkent moliya institutida 60410100-“Buxgalteriya hisobi va audit” taʻlim yoʻnalishi va 70410101-“Buxgalteriya hisobi”, 70410102- “Audit” magistratura mutaxassisliklarining oʻquv rejalarini ishlab chiqish boʻyicha kadr iste'molchilari bilan instituti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, i.f.d., prof. Mehmonov Sultonali Umaraliyevich, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti” departamenti boʻlim boshligʻi, PhD Barakaev Otabek Otaqulovich, Oʻzbekiston Buxgalterlar va auditorlar Milliy assotsiatsiyasi raisi, i.f.d., prof. Tulaxodjaeva Minovar Maxkamovna, Oʻzbekiston Respublikasi Auditorlar Palatasi Kengash raisi, i.f.d., prof. Karimov Neʻmatulla Fatxullaevich va "Oʻzbekneftegaz" AJning MHXSni joriy etish boʻlim boshligʻi, i.f.n Tuxsanov Xamza Axtamovich ishtirokida muhokama olib borildi va oʻquv rejalarini takomillashtirish boʻyicha fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

Muhokama natijasida, 60410100-“Buxgalteriya hisobi va audit” taʼlim yo‘nalishi va 70410101-“Buxgalteriya hisobi”, 70410102- “Audit” magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalaridagi fanlar nomi va uning o‘quv dasturlari tubdan o‘zgartirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ 4611-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ACCA Xalqaro tashkilotidan akkreditatsiya qilishga tayyorlash bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritildi.

10:18 / 2022-06-13
Success helper
Success warning