TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI XORIJIY FUQAROLARNI O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI XORIJIY FUQAROLARNI O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI XORIJIY FUQAROLARNI O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBI

    Hurmatli Xorijiy fuqarolar!

  Xorijiy fuqarolar Toshkent moliya institutiga (TMI) o‘qishga to‘lov-shartnoma asosida qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro, hukumatlararo va idoralararo kelishuvlarida, shuningdek, TMI va xorijiy universitetlar o‘rtasida erishilgan kelishuvlar bundan mustasno.

  • Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan chet el fuqarolari ta’limning bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilinadi.
  • Bakalavr diplomiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar Toshkent moliya institutining ta’limning magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilinadi.

 

FAKULTETLAR (SIRTQI BO’LIM) VA BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI:

 

  1. Moliya fakulteti
    • Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
    • Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari.
  2. Bank ishi fakulteti
    • Bank ishi va auditi.
  3. Buxgalteriya hisobi va audit
    • Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha);
    • Biznes-tahlil.
  4. Iqtisodiyot
    • Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
    • Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
    • Iqtisodiy xavfsizlik;
    • Birja ishi.
  1. Soliqlar va su’urta
    • Soliqlar va soliqqa tortish;
    • Sug‘urta ishi.
  2. Byudjet hisobi va g‘aznachilik
    • Byudjet nazorati va g‘aznachiligi;
    • Baholash ishi;
    • Investitsion loyihalarga xizmat ko‘rsatish va moliyalashtirish;
    • Elektron tijorat
  3. Sirtqi bo‘lim
    • Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
    • Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
    • Bank ishi va auditi;
    • Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha);
    • Sug‘urta ishi.

 

MAGISTRATURA BO’LIMI VA TA’LIM MUTAXASSISLIKLARI:

    • Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
    • Davlat moliyasi va xalqaro moliya;
    • Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori (sohalar bo‘yicha);
    • Investitsiyalarni boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
    • Bank ishi v auditi;
    • Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
    • Byudjet hisobi va nazorat;
    • Baholash ishi va rieltorlik (ob’ektlar bo‘yicha);
    • Kapital bozori va birja ishi;
    • Ekonometrika.

 

HUJJATLAR RO‘YXATI VA ULARNI TOPSHIRISH MUDDATI

 

Hujjatlar 2020 yilning 20 iyunidan boshlab qabul qilinadi.

Hujjatlar quyidagi pochta orqali xorijiyfuqaro2020@mail.ru  qabul qilinadi.

  • Pasportning skaner varianti (PDF shaklida).
  • Sertifikat/guvohnoma, diplom hamda uning ilovasidagi fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan skaner varianti topshiriladi.
  • Magistratura uchun bakalavr diplomi hamda uning ilovasidagi fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasining skaner varianti topshiriladi (PDF shaklida).
  • 3,5×4,5 o‘lchamli foto sur’at (JPEG shaklida).

Sertifikat/guvohnoma, diplom, shuningdek, magistratura uchun bakalavr diplomi hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan asli institutga o‘qishga qabul qilinganda o‘quv yili boshlanishidan oldin taqdim etiladi.

 

INSTITUTGA O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBI

 

Toshkent moliya institutining bakalavriatda o‘qish istagini bildirgan chet el fuqarolari tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha institut qabul komissiyasi tomonidan suhbatdan o‘tadilar. Suhbat avgustning birinchi yoki ikkinchi o‘n kunligida onlayn tarzda (Zoom platformasi orqali) rus yoki o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tadi.

TMI magistraturasida o‘qish istagini bildirgan chet el fuqarolari qabul komissiyasi tomonidan tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar. Suhbat avgust oyining ikkinchi o‘n kunligida onlayn tarzda (Zoom platformasi orqali) rus yoki o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tadi.

 

TO‘LOV TARTIBI

Toshkent moliya institutida chet el fuqarolari tomonidan o‘qish uchun to‘lov milliy valyutada (o‘zbek so‘mida) amalga oshiriladi. To‘lovni har bir semestr uchun alohida amalga oshirish mumkin.

To‘lov –kontrakt summasi:

Bakalavriat uchun - bir o‘quv yili uchun mehnatga  haq to‘lashning eng kam miqdorining 26 barobari hisobida to‘lanadi.

Magistratura uchun - bir o‘quv yili uchun mehnatga  haq to‘lashning eng kam miqdorining 28 barobari hisobida to‘lanadi

 

YASHASH SHAROITLARI

Xalqaro hamkorlik bo‘limi institutning chet ellik talabalariga viza/ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda, institut talabalar turar-joyida yoki boshqa yashash joyini topishda amaliy yordam beradi. Institut talabalar turar-joyida yashash narxi imtiyozli bo‘lib, bir oylik to‘lov miqdori 200 000 so‘mni tashkil etadi. Batafsil malumotni https://tfi.uz/ru/page/ttj  sayti orqali ko‘rish mumkin.

 

Success helper
Success warning