Akademik litsey
Akademik litsey

 

OʻZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI

TOSHKЕNT MOLIYA INSTITUTI AKADЕMIK LITSEYI

 

 

 

AKADЕMIK LITSEY TOʻGʻRISIDA UMUMIY MAʼLUMOT:

 

    Toshkent moliya instituti akademik litseyi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 27 iyuldagi “Umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqitishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-427-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil
31 avgustdagi “Oliy taʼlim muassasalari tasarufidagi litsey va litsey-internatlar negizida akademik litseylar tashkil etish toʻgʻrisida”gi 188-sonli qarori hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2006 yil 19 sentyabrdagi 216-sonli buyrugʻiga asosan tashkil etilgan.

 

    Akademik litseyga 2010 yili yangidan qurilib, zamon talabiga mos qilib jihozlangan bino foydalanishga topshirildi. Binoni sigʻimi 450 oʻquvchiga moʻljallangan, litsey hududida 3 qavatli oʻquv binosi, 1 qavatli sport zal binosi mavjud.

 

 

AKADЕMIK LITSEYNING ILMIY SALOHIYATI

 

    Akademik litsey oʻquv-tarbiya jarayonida oʻqitishning ilgʻor shakllarini, yangi pedagogik va axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etib darslar olib boriladi. 2018-2019 oʻquv yilida fanlar kesimida oʻquv uslubiy majmualar tayyorlangan va shu oʻquv uslubiy majmualardan oʻquv mashgʻulotlarida foydalaniladi. Litseyda doimiy ravishda oʻquv uslubiy seminarlar tashkil etiladi, unda fan oʻqituvchilari pedogogik jamoadagi yosh oʻqituvchlarga metodik tavsiyalar beradilar. Litseyda reja asosida fan oyliklari, ochiq darslar oʻtkazib boriladi.

 

    Akademik litsey bitiruvchilarining kirish koʻrsatkichini oshirish maqsadida tizimli asosda oliy taʼlim muassasalari tomonidan tashkil etilgan “Taʼlim va mutaxassislik”, “Ochiq eshiklar kuni”, “Kasblar festivali” va boshqa shu kabi tadbirlarda oʻquvchilarning ishtiroki taʼminlanadi.

 

    Bitiruvchi oʻquvchilar bilimini muntazam tekshirib borish maqsadida Davlat test markazi bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.

 

OʻQUV JARAYONIDAN LAVHALAR

 

Success helper
Success warning