Bank ishi Kafedrasi
Bank ishi Kafedrasi

  Umumiy ma’lumotlar

 Kafedra mudiri:  Omonov Akrom Abdinazarovich

 

 Qabul vaqti: 1400 – 1700

 

 Telefon:  (0 371) 234-43-42

 

 Mobil:  +99897- 403-17-30

 

 E-mail: bankishi@tfi.uz

 

 Veb-sayt:  www.tfi.uz

Kafedra tarixi

  “Bank ishi” kafedrasi 1931 yilda tashkil etilgan O‘rta Osiyo moliya institutining “Pul muomalasi va kredit” kafedrasi nomi bilan 1936 yilda ochilgan bo’lib, O’rta Osiyo va Qozog’iston Respublikalari uchun bank sohasi mutaxassislarini tayyorlagan. Keyinchalik Toshkent Xalq xo‘jaligi institutining “Pul muomalasi va kredit” kafedrasi deb nomlangan. 1991-yilda Toshkent moliya instituti tashkil etilishi bilan kafedra institutning “Pul muomalasi va kredit” kafedrasi sifatida faoliyat olib bordi, 1996-yildan “Bank ishi” kafedrasi sifatida respublikamiz bank tizimiga malakali bakalavr va magistrlarni tayyorlab bermoqda.

Kafedraga rahbarlik qilgan professor-o’qituvchilar haqida ma‘lumot

  Kafedrani 1936-1946 yillarda V.V.Novojilov ва A.K.Shmidtlar boshqargan;

 

  1946-1965 yillarda, i.f.d., prof. Yu.E. Shenger;

 

  1965-1976 yillarda, i.f.d., prof.N.N.Shabanova;

 

  1976-1989 yillarda, i.f.n. I.V.Shanchenko;

 

  1989 -1990 yillarda, i.f.n. V.L.Pshenichnik;

 

  1990-1991 yillarda, i.f.n. V.A.Ten;

 

  1991-1992 yillarda, i.f.d. D.G.G’ozibekov;

 

  1992-1994 yillarda, i.f.n. Z. Xolmaxmadov;

 

  1994-2006 yillarda, i.f.d. prof.  Sh.Z.Abdullaeva;

 

  2006-2013 yillarda, i.f.n  S.X. Norqobilov;

 

  2013-2017 yillarda, i.f.n  D.A. Saidov;

 

  2017  yil dekabrdan boshlab kafedraga i.f.d., professor A.A.Omonov rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra bo’yicha belgilangan shtat birligi

  Bugungi kunda kafedrada  4 nafar fan doktori,  3 ta  professorlar, 5 ta fan nomzodi  dotsentlar, 1ta PhD, 10 ta katta o‘qituvchilar, 3 assistentlar faoliyat olib bormoqdalar.

Kafedraga biriktirilgan va dars mashg’ulotlari o’tiladigan ta‘lim yo’nalishi va mutaxassisliklar

  5230700 – Bank ishi;

 

  5230600 – Moliya;

 

  5А230701 – Bank ishi (faoliyat turlari bo’yicha);

 

  5А230702 – Bank hisobi va audit.

Kafedra professor-o‘qituvchilari ta’lim beradigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklardagi fanlar

  Bakalavriat:

 - Pul va banklar;

 - Bank ishi;

 - Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari;

 - Pul-kredit orqali muvofiqlashtirish.

 

  Magistratura:

 - Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish

 - Monetar siyosat

 - Xorijiy mamlakatlarda bank ishi

 - Xalqaro valyuta operatsiyalari va hisob-kitoblar.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar

Foto surati FISh Ilmi darajasi va unvoni e-mail
1

Omonov Akrom Abdinazarovich

 

I.f.d., prof. akromomonov66@gmail.com
2 Abdullayeva Sharbat Zulfikarovna I.f.d., prof

sharbat_z@mail.ru

3

Babakulov To’lkin Ibodullayevich

 

I.f.d., prof t_babakulov@mail.ru
4 Alimardonov Ilhom Muzrafshovovich I.f.n., dots abdulaziz.alimardonov@mail.ru
5 Abdullayev O’tkir Azimovich I.f.n., dots abdullayev@mail.ru
6 Shomurodov Ravshan Tursunkulovich i.f.n, dots

r.shomurodov@mail.ru

7 Raxmonov Ilhom Hurramovich i.f.n., dots.

raxmanov.ilxom@mail.ru

8

Nabiyev Karim Kamilovich

k.o'.q. nabiyev@mail.ru
9

Vasiyev Alisher Samiyevich

k.o'.q. vasiyevas@ mail.ru
10 Davirova Shahlo Shukurullayevna  k.o'.q. dshakhlo2505@gmail.com
11 Jurayev Isroil Ibrohimovich    k.o'.q. isroil_juraev@mail.ru
12 Xudoyorova Xurshida Abdunazarovna k.o'.q. xurshidabonu_x@mail.ru
13 Azimova Shahnoza Samukjanovna  k.o'.q. tulyaganova7@yandex.ru
14 Egamova Maxfirat Esanovna k.o'.q. magfirat.egamova@mail.ru
15 Inoyatova Kamola Furqatovna  asistent ikamolaf@mail.ru

O‘quv-uslubiy ishlar

  Kafedra o‘z faoliyati davomida respublikamiz bank va moliya tizimi uchun yetuk mutaxassislarni, shuningdek, o‘z sohasini o‘zlashtirgan mutaxassis iqtisodchi olimlarni tayyorlab kelmoqda.

  Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan hozirgi kunda bakalavriat va magistraturada 8 ta fandan dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan fanlardan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv va ishchi dasturlar, o‘quv-uslubiy majmualar va boshqa turdagi uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlangan.

  Kafedraning asosiy shtatda 21 ta professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari  A.A.Omonov, Sh.Z.Abdullayeva, T.I.Boboqulov, I.Alimardonov, Z.A.Xolmaxmadov, R.T.Shomurodov, U.A.Abdullayev, I.X.Rahmonov, I.I.Juraev va boshqalar talaba hamda magistrantlarga ta’lim berib kelmoqda.

 

  Darsliklar:

 - Sh.Abdullayeva “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” 2005 y.

 - A.Omonov, T.Qoraliyev “Banklarda buhgalterya hisobi” 2014 y.

 - T.Bobakulov, U.Abdullayev. “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” 2014 y.

 - U.Azizov va boshqalar. “Bank ishi” 2016 y.

 - SH.Abdullayeva. “Bank ishi” 2017 y.

 - A.Omonov, T.Qoraliyev “Pul va banklar” 2018 y.

 - U.Azizov va boshqalar. “Банковское дело” 2018 г.

 - T.Bobakulov, U.Abdullayev va b. “Xalqaro valyuta operasiyalari va hisob-kitoblar” 2018 y.

 

  O‘quv qo‘llanmalar:

 - D. Saidov, I.Qulliev. “Pul muomalasi va kredit” 2014 y.

 - O.Ortiqov, I.Qulliev.“Bank menejmenti va marketingi” 2015 y.

 - T.Bobakulov, U.Abdullauev “Monetar siyosat” 2018 y.

 - Sh. Abdullayeva va b. “Pul va banklar” 2018 y.

Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati

  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Respublikamizning bank tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bilan bog‘liq fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Kafedrada 10 nafarga yaqin doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Shuning samarasi sifatida kafedraning hozirgi kundagi ilmiy salohiyati 50% dan yuqorini tashkil etmoqda. Kafedra tomonidan mamlakatimiz bank tizimining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari va ilmiy-nazariy seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda. Oxirgi yillarda kafedra jamoasi tomonidan 8 ta darslik, 17 ta monografiya, 4 ta o‘quv qo‘llanma, xalqaro ilmiy jurnallarda 20 dan ortiq maqola va tezislar e’lon qilingan.

 

Monografiyalar:

 - A.Omonov “Tijorat banklarining moliyaviy resurslarini boshqarish” 2-nashri, 2010 y.

 - O.Sattarov “Tijorat banklari likvidligini boshqarish”, 2011 y.

 - O.Sattarov “GEP va uni boshqarish”, 2011 y.

 - O.Sattarov “Sekyuritizatsiya”, 2011 y.

 - U.Azizov “O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlashda monetar va fiskal dastaklar ta’siri” 2013 y.

 - I.Qulliyev “Tijorat banklarida kredit bahosining shakllanish amaliyoti va uni takomillashtirish”, 2013 y

 - M.Egamova “Tijorat banklari kapitallashuv darajasini oshirishda daromadlarning roli”, 2013 y.

 - O.Sattarov, M.Tangishov “Internet-banking”, 2014 y.

 - O.Sattarov, Yu.Abdullaeva “Inflyasiya:muammolar va yechimlar”, 2014 y.

 - D.Saidov. “Tijorat banklarining kreditlash amaliyoti va uni takomillashtirish yo‘llari” 2015 y.

 - D.Mamasobirov. “Anti-money laundering” 2015 y.

 - O.Sattarov. “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi barqarorligini ta’minlash: nazariy va metodologik jihatlar” 2015 y.

 - U.Abdullayev. “Monetar siyosat” 2015 y.

 - A.Omonov “Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish” 2016 y.;

 - I.Kulliyev, B.Mamatov, M.Po’latova. “O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash amaliyoti va uni takomillashtirish” 2016 y.

 - Sh. Abdullayeva  Kredit va kreditlash amaliyoti.  2017 y.

 - A.Omonov. I.Raxmonov  “Tijorat banklarining resurslarini shakllantirish va ularni samarali joylashtirish” 2017 y.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

  Kafedra professor-o‘qituvchilari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ijobiy tashabbus asosida talaba yoshlarning yuksak ma‘naviy axloqiy fazilatlari, ona vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan keng qamrovli manaviy-ma’rifiy tadbirlar, san‘at, musiqa, teatr va rassomchilik sohasida tanlovlar, sport musoboqalari, kitobxonlik kechalarini tashkil etib kelmoqdalar. Shuningdek, talabalar turar joylarida “Kafedra haftaliklari” doirasida turli xil manaviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Uztoz shogird tizimi asosida, talablarga professor-o‘qituvchilar biriktirilgan bo’lib, Toshkent shahri va Respublikamizning diqqatga sazovor bo‘lgan joylariga talabalar bilan birgalikda tashriflar uyushtirib turiladi.

Xalqaro hamkorlik

  “Bank ishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda o‘z malakalarini nafaqat respublika miqyosida, balki chet el davlatlarida ham oshirib kelmoqdalar. Jumladan, i.f.d., prof. A.Omonov - AQSH, Xitoy, Polsha; i.f.n., dots. D.Saidov – Koreya; i.f.d., prof. T.Bobakulov - AQSH, Angliya, Lyuksemburg; k.o‘q. F.Xolmamatov – Hindiston; k.o‘q. Sh.Davirova - Germaniya kabi davlatlarning nufuzli universitetlarida o‘z malakalarini oshirib keldilar.

Kafedraning innovatsion-korporativ hamkorligi, oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘nalishidagi ishlari

  Kafedra tomonidan innovatsion hamkorlik doirasida respublikamizning barcha tijorat banklari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan bo’lib, bunga asosan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, banklarning malakali mutaxassislari istirokida dolzarb mavzularda ma’ruza va davra suhbatlari tashkil qilinib kelinmoqda. Shu bilan birga oxirgi yillarda hamkorlikning ijobiy natijasi sifatida ATIB “Ipotekabank”, XAB “Trastbank”, AT “Aloqabank”, ATB “Qishloqqurilishbank”, ATB “Agrobank”, AT “Xalq banki” tomonidan homiylik ishlari amalga oshirilib, institutning tegishli o‘quv xonalari texnik vositalar bilan jihozlandi.  Shuningdek, 2018-2019 o‘quv yillarida ATB “Mikrokreditbank” bilan ham ana shunday hamkorlik amalga oshirilmoqda. Bu esa, institutda o’quv jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etilishiga xizmat qilmoqda.

 

Sillabuslar

Xalqaro bank ishi fanidan bakalavriatning “Bank ishi” va “Kasb ta’limi (Bank ishi)” ta’lim yo‘nalishlari

 

Bank ishi fanidan “ Bank va kasbiy faoliyat asoslari" moduli boʻyicha bakalavriatning "Bank ishi" taʼlim yoʻnalishi

 

Bank ishi fanidan bakalavriatning “Bank ishi” va “Kasb taʼlimi (Bank ishi)” taʼlim yoʻnalishlari

 

Monetar siyosat fanidan bakalavriatning “Bank ishi” va “Kasb taʼlimi (Bank ishi)” taʼlim yoʻnalishlari

 

Xalqaro bank ishi fanidan bakalavriatning “Bank ishi” va “Kasb taʼlimi (Bank ishi)” taʼlim yoʻnalishlari

 

Хalqaro valyuta operatsiyalari va hisob-kitoblar fanidan magistraturaning "Bank ishi" mutaxassisligi

 

Bank huquqi fanidan bakalavriatning “Bank ishi” va “Kasb taʼlimi (Bank ishi)” taʼlim yoʻnalishlari

 

Bank huquqi fanidan bakalavriatning “Bank ishi” va “Kasb taʼlimi (Bank ishi)” taʼlim yoʻnalishlari

 

Success helper
Success warning