Davlatiy moliya kafedrasi
Davlatiy moliya kafedrasi

 Umumiy ma'lumotlar

 Kafedra mudiri: Malikov Toxir Sattorovich

 

 Qabul vaqti:    900 – 1700

 

 Telefon: 71-234-04-79

 

 E-mail: moliyaf@tfi.uz

 Professor T.S. Malikov «Moliya, pul muomalasi va kredit» ixtisosligi bo’yicha iqtisodiy fanlar doktori ilmiy darajasiga ega bo’lgan respublikamizning ilk fan doktorlaridan biri, umumiy xajmi 1000 bosma toboqdan oshib ketgan 250 dan ortiq o’quv va ilmiy ishlanmalar muallifi. AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Gollandiya, Italiya, Turkiya, Misr, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda o’tkazilgan xalqaro simpozium, ilmiy-amaliy konferentsiya va seminarlar ishtirokchisi, 14 ta xalqaro sertifikatga ega, rasmiy rahbarligida «Moliya, pul muomalasi va kredit» ixtisosligi bo’yicha hozircha 28 nafar fan nomzodi va 3 nafar fan doktori tayyorlangan.

 KAFEDRA TARIXI

 Mazkur kafedra 2019 yil sentyabr oyiga qadar “Moliya” kafedrasi deb nomlanib kelgan. Toshkent moliya instituti Kengashining 2019 yil 6 iyuldagi 11/11.3 – “Institutning tashkiliy tuzilmasiga o’zgartirish kiritish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq “Moliya” kafedrasi negizida “Davlatiy moliya”va “Xalqaro moliya-kredit”  kafedrasi shakllantirildi.

 

 «Moliya» kafedrasi institutning dastlabki kafedralaridan biri bo’lib, u 1933 yilda tashkil topgan. Toshkent moliya institutining «Moliya» kafedrasi mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat ko’rsatuvchi malakali mutaxassislar tayyorlashda ulkan hissa qo’shib kelayotgan kafedralardan biri hisoblanadi. Xususan, kafedrada tayyorlangan mutaxassislar moliya-bank, soliq hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida samarali faoliyat yuritishmoqda. Hozirgi kunda kafedra tomonidan tayyorlanadigan 5230600 - «Moliya» bakalavriat ta’lim yo’nalishida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllaridan 1400 ga yaqin, magistraturaning 5A230601-«Davlat moliyasini boshqarish» mutaxassisligida esa 40 tadan ortiq magistrantlar ta’lim olmoqda.

 KAFEDRAGA RAHBARLIK QILGAN PROFESSOR-O’QITUVCHILAR HAQIDA MA’LUMOT

 1941 yilda kafedra mudiri etib professor A.Shmidt tayinlangan va uning rahbarligida 1943 yilda aspirantura tashkil qilingan. Prof. A.Shmidtdan keyin kafedraga prof. I.Tog’aev, keyin M.Qoriev mudirlik qildilar. 1959 yildan 1989 yillargacha kafedraga prof. X.Sobirov boshchilik qildi. 1989-2017 yillarda kafedraga Q.Yahyoev, dots. S.Nuruddinov, dots. Z.Sirojiddinova, dots. N.Jumaev, dots. H.Jamolov, prof. N.Haydarov, dots. G’.Yahshiboev, dots. K. Karimova, dots. U.Burxonov,  dots. K.Sharifxodjaeva, dots. O.Komolov mudirlik qilgan. 2017 yil noyabr oyidan kafedraga iqtisodiy fanlar doktori, professor T.S. Malikov rahbarlik qilmoqda.

KAFEDRA BO’YICHA BELGILANGAN SHTAT BIRLIGI

 Kafedrada 5 nafar fan doktori, professor; 9 nafar fan nomzodi, dotsent; 23 nafar katta o’qituvchi; 8 nafar o’qituvchi faoliyat olib borib, ilmiy salohiyat 41,1% ni tashkil etadi.

KAFEDRAGA BIRIKTIRILGAN TA’LIM YO’NALISHI VA MUTAXASSISLIKLAR

- 5230600 - «Moliya» bakalavriat ta’lim yo’nalishi;

 

- 5A230601-«Davlat moliyasini boshqarish» mutaxassisligi.

KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI TA’LIM BERADIGAN YO’NALISHLAR VA MUTAXASSISLIKLAR

 Bakalavriat:

- 5230600 – Moliya;

- 5230700 – Bank ish;

- 5230800 – Soliqlar va soliqqa tortish;

- 5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit;

- 5231200 – Sug’urta ishi;

- 5231300 –Pensiya ishi;

- 5231500 – Baholash ishi;

- 5232000 – Davlat byudjetining g’azna ijrosi;

- 5232100 – Korporativ moliya;

- 5111000 – Kasb ta’limi (5230600-Moliya);

 

 Magistratura:

- 5A230601-«Davlat moliyasini boshqarish»;

- 5A230603-«Investitsiyalar boshqarish»;

- 5A230604-«Xalqaro moliya».

KAFEDRA TOMONIDAN O’QITILADIGAN FANLAR

 Bakalavriatda:

- Moliya;

- Moliyaviy risklar nazariyasi;

- Biznes moliyasi;

- Davlar xaridi;

- Davlat byudjeti;

- Moliyaviy rejalashtirish;

- Davlat moliyasi;

- Moliyaviy nazorat;

- Moliyaning dolzarb muammolari;

 

 Magistraturada:

- Davlat moliyasini boshqarish;

- Davlat qarzlarini boshqarish;

- Moliyaviy risklarni boshqarish;

- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi;

- Byudjet soliq siyosati.

KAFEDRADA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN PROFESSOR-O’QITUVCHILAR

Foto surati F.I.Sh. Ilmi darajasi va unvoni e-mail
1

Malikov Tohir Sattorovich

i.f.d., professor malikovts@tfi.uz
2 Haydarov Nizomiddin Xamraevich i.f.d., professor

haydarovnx@tfi.uz

3
Po’latov Dilshod Xaqberdievich
i.f.d., professor pulatovdh@tfi.uz
4

Jalilov Sherzod Qahramonovich

DSc, dots. jalilovshq@tfi.uz
5

Rustamov Davron Rustamovich

DSc, dots. rustamovdr@tfi.uz
6 Dodiev Fozil O’tkurovich i.f.n., dots.

dodievfu@tfi.uz

7
Qobulov Hotamjon Abdukarimovich
i.f.n., dots.

qobulovha@tfi.uz

8

Jiyanova Nargiza Esanboevna

i.f.n., dots. jiyanovane@tfi.uz
9

Shernaev Akbar Akmirzaevich

i.f.n. shernaevaa@tfi.uz
10

Pulatova Mohira Baxtiyorovna 

Phd pulatovamb@tfi.uz
11

Rajabov Sherzod Umrzakovich 

Phd rajabovush@tfi.uz
12

Jumaniyozov Inomjon To’raevich

Phd jumanazarovit@tfi.uz
13

Chinqulov Qahramon Ravshanovich 

Phd chinqulovqr@tfi.uz
14

Nurmuxamedova Barno Ismailovna

dots. v.b. nurmuxamedovabi@tfi.uz
15

Nuritdinova Vasila Shavkatovna

katta o’qituvchi nuritdinovavsh@tfi.uz
16

Ismailova Nasiba Komildjanovna

katta o’qituvchi ismailovank@tfi.uz
17

Sharapova Mashhura Azadovna

katta o’qituvchi vasiyevas@ mail.ru
18

Xaydarov Asqarbek 

katta o’qituvchi xaydarova@tfi.uz
19

Tashmatova Rano Gaibovna  

katta o’qituvchi tashmatovarg@tfi.uz
20

Sultanov Sherali Nuralievich

katta o’qituvchi sultanovshn@tfi.uz
21

Fozilchaev Shuxratjon Kobiljon o’g’li 

katta o’qituvchi fozilchaevshq@tfi.uz
22

Axunova Yelena Anvarovna

katta o’qituvchi axunovaea@tfi.uz
23

Hamdamov Shavkat Komilovich 

katta o’qituvchi hamdamovshk@tfi.uz
24

Yuldasheva Nadira Viktorovna

katta o’qituvchi yuldashevanv@tfi.uz
25

Musaeva Feruza Shoxruxovna

katta o’qituvchi musaevafsh@tfi.uz
26

Tadjibekova Dilnoza Baxtiyarovna 

katta o’qituvchi tadjibekovadb@tfi.uz
27

Umarova  Azizaxon Ilxambabaevna

katta o’qituvchi umarovaab@tfi.uz
28

O’roqov Uchqun Yunusovich

katta o’qituvchi o’roqovuy@tfi.uz
29

Axmedov Xasan Ruzibaevich

katta o’qituvchi axmedovxr@tfi.uz
30

Sherov Sanjar Radjabovich

katta o’qituvchi sherovsr@tfi.uz
31

Mannapova Shaxnoza Elshodovna

katta o’qituvchi mannapovashe@tfi.uz
32

Shermuxamedova Shirin Amonullaevna

katta o’qituvchi shermuxamedovasha@tfi.uz
33

G’afurova Umida Fatixovna

katta o’qituvchi g’afurovauf@tfi.uz
34

Xusanova Dilorom Shavkatovna

katta o’qituvchi xusanovads@tfi.uz
35

Allayarov Suxrob Rustamovich

katta o’qituvchi allayarovsr@tfi.uz
36

Xidirov Nodir G’iyosalievich 

katta o’qituvchi xidirovng@tfi.uz
37

Ibodullaev Abrorjon Axrorjonovich

o’qituvchi ibodullaevaa@tfi.uz
38

 

Rajabov Nuriddin Ravshanovich

 

o’qituvchi rajabovnr@tfi.uz
39

Tuxtabaeva Sogdiana Alisherovna

o’qituvchi tuxtabaevasa@tfi.uz
40

Isaev Husan Mansurovich

o’qituvchi isaevhm@tfi.uz
41

Tursunxo’jaeva Shirin Zafar qizi 

o’qituvchi tursunxo’jaevashz@tfi.uz
42

Razzaqov Jasur Xamraboevich   

o’qituvchi razzaqovjx@tfi.uz
43

Bafoev Otabek Oripovich

o’qituvchi bafoevoo@tfi.uz
44

Allakuliev Akmal Baltaevich 

o’qituvchi allakulievab@tfi.uz

O’QUV-USLUBIY ISHLAR

 Kafedrada hozirgi kunda bakalavriat 9 ta fandan, magistraturada 5 ta fandan dars mashg’ulotlari olib boriladi. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ushbu fanlardan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, o’quv va ishchi dasturlar, o’quv-uslubiy majmualar, ishchi daftarlar va boshqa turdagi uslubiy ko’rsatmalar tayyorlangan. Kafedrada o’qitiladigan fanlarning har biridan modul tizimiga asoslangan elektron majmualar, o’quv-uslubiy majmualar, amaliy ish o’yinlari, keysstadilar, slaydlar, jadvallar va boshqa ko’rgazmali qurollar tayyorlangan va ulardan o’quv jarayonida keng foydalanilmoqda. Bundan tashqari har bir fandan modul tizimiga asoslangan elektron majmualar internet platformasiga joylashtirilgan.

 

 Kafedra pedagog xodimlari o’quv mashg’ulotlarini olib borishda multimedia jihozlaridan, mavzular bo’yicha ishlab chiqilgan Power Point formatidagi taqdimotlardan hamda boshqa kompyuter texnologiyalaridan, audio va video jihozlardan foydalanishmoqda. Kafedrada o’quv jarayonini va ilmiy izlanishlarni davr talabiga javob beradigan darajada tashkil etish maqsadida, professor-o’qituvchilar o’zlarning bilimini, mahoratini, ma’ruza matnlarini, o’quv va ishchi dasturlarni doimiy ravishda takomillashtirmoqdalar.

 

 Birgina 2018-2019 o’quv yilida kafedra pedagog xodimlari tomonidan 5 ta darslik va 9 ta o’quv qo’llanmaga OO’MTV qoshidagi muvofiqlashtiruvchi  Kengashdan grif olindi va nashr etildi.

 

 Kafedra doirasida ta’limning yangi pedagogik texnologiyalari va o’qitish uslublarini joriy etishning xalqaro amaliyotga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish, o’quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, o’qitishning zamonaviy shakllarini tatbiq etish asosida o’quv jarayonini sifat jihatidan yangilash kabi vazifalarni amalga oshirish maqsad qilingan.

KAFEDRANING ILMIY TADQIQOT FAOLIYATI

 Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi kafedra faoliyatini eng asosiy va ajralmas qismi bo’lgani holda, mazkur yo’nalishdagi ishlarga kafedraning pedagog xodimlari, tadqiqotchi ilmiy xodimlari va izlanuvchilari jalb etilgan. Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar mavzulari institut Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Ilmiy ishlarning qay darajada kechayotganligi va erishilayotgan natijalar kafedraning har oylik yalpi yig’ilishlarida muhokama etib boriladi.

 

 Kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan Respublikamizning moliya tizimini yanada takomillashtirish bilan bog’liq keng fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari amalga oshirilib borilmoqda. Birgina 2018-2019 o’quv yilida kafedrada 3 nafar mustaqil izlanuvchilar fan doktori dissertatsiyasini, 5 nafar mustaqil izlanuvchilar nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. 2019-2020 o’quv yilida 6 nafar kafedra mustaqil izlanuvchilari ilmiy ishlarini himoya qilishlari rejalashtirilgan.

 

 Kafedrada 5ta yirik innovatsion real muammoli mavzular doirasida xo’jalik shartnomalari asosida tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda.

 

 Kafedra tomonidan Respublikamizning moliya sohasining dolzarb muammolariga bag’ishlangan ilmiy konferentsiyalar, davra suhbatlari va ilmiy-nazariy seminarlar o’tkazilib kelinmoqda. Oxirgi  3 yilda kafedra jamoasi tomonidan 8 ta monografiya, 6 ta darslik, 12 ta o’quv qo’llanma, xalqaro ilmiy jurnallar va konferentsiya to’plamlarida 100 dan ortiq maqola va tezislar e’lon qilingan.

 

 Kafedra pedagog xodimlari faoliyatida respublika va xorij jurnallarida ilmiy maqolalar bilan chiqishlar alohida ahamiyatga ega bo’lib, ularning har biri o’zlarining ilmiy ish mavzularining dolzarb jihatlarini o’zida mujassam etgan ilmiy maqolalari bilan chiqishlar qilmoqdalar.

 

 Kafedra jamoasi olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari mamlakatimizdagi moliyaviy tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning xalqaro moliya tizimiga integratsiyalashuvini kuchaytirish hamda xalqaro moliya munosabatlari samaradorligini oshirish borasidagi ilmiy muammolarni tadqiq etishga bag’ishlangan.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR

 Kafedra professor-o’qituvchilari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko’tarilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta tashabbus doirasida talaba yoshlarning yuksak manaviy axloqiy, ona vatanga sadoqati ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga muxabbat tuyg’usini shakllantirish hamda talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga qaratilgan keng qamrovli manaviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirish , kafedraga biriktirilgan maktabda  sportning shashka-shaxmat musobaqalarini o’tkazish  rejalashtirildi. Shu bilan birga talabalar turar joylarida turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar o’tkazish rejalashtirilgan. Uztoz shogird tizimi ana’nalariga ko’ra, talabalarga professor - o’qituvchilar biriktirilgan hamda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan Respublikamizning turli joylarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy bunyodkorlik ishlarining mazmun mohiyatini keng targ’ib qilinishi bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

XALQARO HAMKORLIK

 «Davlatiy moliya» kafedrasi ilmiy-tadqiqot, o’quv uslubiy sohada qator mamlakatlar nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan. Xususan, «BINARY GRADUATE SChOOL» (Malayziya) Bayneriy universiteti, Moliyaviy monitoring bo’yicha xalqaro o’quv-uslubiy markaz (Rossiya Federatsiyasi), Milliy tadqiqotlar yadro universiteti «MMFI» (Rossiya Federatsiyasi), Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi) kabilar bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.

 

 Istiqbolda kafedraning xalqaro hamkorligini rivojlantirish doirasida xorijiy davlatlarning etakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish hamda ta’lim jarayoniga xorijiy professor-o’qituvchilarni jalb etish asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilangan.

IQTIDORLI YOSHLAR BILAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

 Kafedrada iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish bo’yicha qator tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan,  kafedra bo’yicha yosh kadrlarni tayyorlash va ularning ilmiy salohiyatini oshirishga alohida ahamiyat berish, iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularning ilmiy izlanishlariga ko’maklashish maqsadida kafedra qoshida «Moliyaviy imkoniyat izlovchilar» ilmiy to’garagi muntazam ravishda ish olib borayotgan bo’lib, ushbu to’garakda har oyning oxirgi haftasida hamkorlik o’rnatilgan tashkilotlardan mutaxassislar jalb qilingan holda mashg’ulotlar tashkil etilmoqda.

 

 Bugungi kunga qadar “Moliya” ta’lim yo’nalishi bo’yicha tahsil olgan va olayotgan talabalardan 3 nafari Prezident stipendiati, 1 nafari I. Karimov nomidagi, 6 nafari A. Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo’ldilar. Qolaversa, 6 nafar talaba mutaxassisligi bo’yicha respublika fan olimpiadalarida sovrindorlikka erishdilar.

KAFEDRANING INNOVATSION-KORPORATIV HAMKORLIGI, OLIY TA’LIM – ILM-FAN – ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI YO’NALISHIDAGI ISHLARI

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasi to’g’risida»gi Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi prezidentining «Oliy malumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-31-51-son Qarori ijrosini taminlash hamda talaba yoshlar o’rtasida moliyaviy savodxonlik madaniyatini oshirish, fan-talim-ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish va ularni kasbga yo’naltirish, aholiga ko’rsatilayotgan moliya xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi,  O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar bilan oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish integratsiyasi samarali yo’lga qo’yilgan.

SILLABUS

Biznes moliyasi 3-kurs ( Kasb ta'limi )

Biznes moliyasi 3-kurs ( Moliya )

Davlat byudjeti 3-kurs ( kasb ta'limi )

Davlat byudjeti 3-kurs ( Moliya )

Davlat byudjeti 3-kurs ( Pensiya ishi )

Davlat moliyasi 4-kurs ( Kasb ta'limi )

Davlat moliyasi 4-kurs ( Moliya )

Davlat moliyasi 3-kurs ( Korporativ moliya )

Davlat xaridi 3-kurs ( Kasb ta'limi )

Moliya

Moliya 1-kurs

Moliyaning dolzarb muammolari

Moliyaviy nazorat

Moliyaviy rejalashtirish

Moliyaviy risklarni boshqarish ( Xalqaro moliya )

Moliyaviy risklarni boshqarish ( Korporativ moliya )

Davlat qarzlarini boshqarish 1-kurs

Davlat qarzlarini boshqarish 2-kurs

Davlat moliyasini boshqarish

 

Success helper
Success warning