Moliyaviy menejment kafedrasi
Moliyaviy menejment kafedrasi
soliq

Elmirzayev Samariddin Eshkuvatovich
Iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent

    Elmirzayev Samariddin Eshkuvatovich 1982 yil 10 noyabrda Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi Jom qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan.  Millati o‘zbek, oilali, ikki nafar farzandi bor.
    Samariddin Elmirzayev 2006 yilda Toshkent moliya instituti “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta'lim yo‘nalishini, 2008 yilda  “Soliqlar va soliqqa tortish” magistratura mutaxassisligini tamomlagan.
    Mehnat faoliyatini 2008 yildan Toshkent moliya institutida davom ettirib kelmoqda.
    2018 yil mart oyidan “Moliyaviy menejment” kafedrasi mudiri.
    2012 yilda 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini;
    2017 yilda esa doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
    S.Elmirzayev ilmiy-pedagogik faoliyati davomida bevosita muallifligida 3 ta darslik, 2 ta elektron darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta ilmiy monografiya, 30 ga yaqin ilmiy maqola (shundan uchtasi rivojlangan davlatlarda), 2 ta dasturiy mahsulot, 40 ortiq ilmiy tezislar e'lon qilingan.
    S.Elmirzayev davlat ta'lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishida faol ishtirok etib kelmoqda.
    U talabchan rahbar, barkamol avlod tarbiyasida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan jonkuyar murabbiy, iqtidorli talabalar, tadqiqotchi va doktorantlarga yo‘l ko‘rsatuvchi fidoiy olimlarimizdan biridir.
 

Kafedra tarixi

    Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ta’lim tizimini takomillashtirish va isloh etishda bir qancha mutaxassisliklar qatorida moliyaviy menejment mutaxassisligiga ham keng talab vujudga keldi.

    Toshkent moliya instituti moliya-iqtisodiyot sohasi mutaxassislarni iqtisodiyot tarmoqlariga yetkazib beradigan tayanch oily ta’lim muassasasi sanalib, zamon talabiga monand holda 2001 yilda institutning magistratura bo‘limi qoshida “Moliya va kredit” kafedrasi tashkil etildi. 2004-yildan kafedra “Moliyaviy menejment” kafedrasi deb nomlanadi va hozirda “Menejment” fakulteti tarkibiy qismi hisoblanadi. Kafedraga 2004-2018 yillarda i.f.d., prof. B.E.Toshmurodova mudirlik qilgan. 2018 yil 28 martdan i.f.d. S.Elmirzayev kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

    Qisqa muddatda institut rahbariyatining amaliy koʻmagida kafedraning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, zaruriy texnika va aloqa vositasi bilan ta’minlandi. Kafedraga ilmiy-pedagogik faoliyatni olib borish uchun yosh mutaxassis kadrlar jalb etildi.

    Kafedrada 20 nafar pedagog-xodim faoliyat yuritadi, shu jumladan, 3 nafari,  fan doktori, professor, 8 nafari fan nomzodi (PhD), dotsentlardir.

 

Tasdiqlangan o`quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o`qitilmoqda:

 

Bakalavr yo‘nalishlarida:

 

  • Moliyaviy menejment;
  • Korporativ moliya;
  • Moliya bozori.
  •  

Magistratura mutaxassisliklarida:

 

  • Korporativ boshqaruv;
  • Korporativ moliya strategiyasi;
  • Korporativ soliqlarni rejalashtirish;
  • Birja ishi;
  • Xalqaro moliya bozori.
  •  

Har yili kafedrada oʻqitiladigan barcha fanlar boʻyicha oʻquv-uslubiy majmualar yangilanib, tegishli tartibda rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi. Oʻquv yili davomida ular takomillashtirib boriladi. Jumladan, qabul qilingan yangi qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari hamda amaldagi qonunlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar e’tiborga olinib oʻquv-uslubiy majmualar yangilanib, zamonaviy oʻquv adabiyotlari bilan boyitib boriladi. Kafedra pedagog-xodimlari malaka oshirish jarayonida egallagan tajribalari asosida ma’ruza va seminar mashgʻulotlarida pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanib kelmoqdalar.

Oxirgi yillarda kafedrada o`qitiladigan fanlar va ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida nashr etilgan darslik, o`quv qo`llanma, monografiya, o`quv-uslibiy qo`llanma va uslubiy qo`llanmalar:

 

  • S.Elmirzayev. Zamonaviy korporativ boshqaruv. Darslik. – T.: Iqtisod-moliya. 2019. – 412 b.
  • S.Elmirzayev. Korporativ moliya. Darslik. – T.: Iqtisod-moliya. 2019. – 412 b.
  • S.Elmirzayev. Korporativ soliqlarni rejalashtirish. Darslik. – T.: Iqtisod-moliya. 2019. – 412 b.
  • B.Toshmurodova, S.Elmirzayev, N.Tursunova. Moliyaviy menejment. Darslik. – T.: Iqtisod-moliya. 2017. – 338 b.
  • B.Toshmurodova, S.Elmirzayev, N.Tursunova. Moliyaviy menejment. Elektron darslik. – 2016.
  • S.Elmirzayev, J.Qurbonov. Korporativ moliya. Elektron darslik. – 2016. – 412 b.
  • B.Toshmurodova, S.E.Elmirzayev, Korporativ moliya strategiyasi, O`quv qo`llanma. – T.: Iqtisod-moliya, 2013. – 128 b.
  • B.Toshmurodova, O.Xamdamov, Moliyaviy menejment. O`quv qo`llanma. – T.: Iqtisod-moliya. 2012. – 160 b.
  • Toshmurodova B., Elmirzayev S., Korporativ soliq menejmenti. O`quv qo`llanma. – T.: Mumtoz so‘z. 2010. – 104 b.
  • A.Botirov, S.Elmirzayev. Kichik tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirish yo‘llari. – T.: Tamaddun, 2013. – 164 b.
  • J.Isakov, Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda kreditning roli va uning samaradorligi. – T.: Iqtisod-moliya, 2012. – 228 b.
  • J.J.Qurbonov, S.E.Elmirzayev. Korporativ moliya-fanidan elektron darslik. 04.04.2016-y. DGU 03695 raqamli patent.
  • J.J.Qurbonov. Intellekt tezkor savol-javob electron dasturi. 11.11.2015-y. DGU 03418 raqamli patent.

Kafedraning oliy oʻquv yurtlari va ilmiy muassasalar bilan hamkorligi

    1. Kafedra respublikamizdagi turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda, xususan TDIU bilan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida pedagog-xodimlari orasidan moliya mutaxassisligi boʻyicha fan doktorlarini tayyorlash borasida hamkorlik olib borilmoqda.

    2. Kafedra korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi bilan ilmiy seminarlarda faol qatnashmoqdalar.

   3. Oʻzbekiston Respublikasi bank moliya akademiyasi bilan monografiya va risolalar tayyorlanmoqda, ilmiy-nazariy konferensiyalar tashkil etilmoqda.

    4. Kafedraning pedagog-xodimlari oʻquv yili davomida Germaniya, Rossiya, Korea, Qozog‘iston, Malayziya davlatlarida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy va amaliy anjumanlarda oʻz ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdilar. Istiqbolda Rossiya Federatsiyasining Hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda oʻquv-uslubiy adabiyotlarni yaratish doirasida xalqaro aloqalarni oʻrnatish hamda hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish rejalashtirilgan.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

    Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo`nalishi asosan “Korporativ moliyani boshqaruvning dolzarb masalalari” doirasida bo‘lib, kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga doktorantlari, mustaqil izlanuvchi va pedagog-xodimlar keng jalb etilgan.

    2017-2019 yillar davomida 2 nafar fan doktori, 4 nafar PhD tayyorlandi.

    Oxirgi 3 yilda 7 nf dasturiy mahsulotga mualliflik guvohnomasi olindi.

    Shunigdek, 5 ta ilmiy monografiya, 50 dan ortiq, jumladan xorijda 10 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilindi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

     Yoshlar orasida ijtimoiy-siyosiy hamda mafkuraviy dunyoqarashni yuksaltirish, ma’naviyatimizga, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuygʻusini shakllantirish, yoshlarning qalbi va ongi, sogʻlom tafakkuri uchun kurashish taqozo etilayotgan bugungi kunda ma’naviy-ma’rifiy ishlarga alohida e’tibor qaratish, ma’naviyatni yoshlar ongiga singdirish kafedra tomonidan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning oʻzagini tashkil etadi. Kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi asosida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kafedra haftaliklari doirasida faollik koʻrsatib kelmoqda.

     Ikki nafar professor oʻqituvchi guruh murabbiyligiga jalb etilgan.

 “Moliyaviy menejment” kafedrasi qoshidagi “Moliyaviy menejerlar” ilmiy toʻgaragi faoliyati

    “Moliyaviy menejerlar” ilmiy toʻgaragining rahbari O.Xamdamov iqtidorli talabalar bilan ishlagan holda, iqtidorli talabalar bilan “Moliyaviy menejment” va “Korporativ moliya” fanlarining turli mavzulari doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda.

    “Moliyaviy menejment” fakulteti “Moliyaviy menejment” kafedrasining “Moliyaviy menejerlar” ilmiy toʻgaragi iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etish borasida quyidagi faoliyatlarni olib boradi:

 

  •     Iqtidorli talabalarni aniqlash va tanlash, moyilligiga qarab, ularni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
  •     Iqtidorli talabalar faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
  •     Ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatini davriy ravishda aniqlab borish;
  •     Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlarni mustaqil ravishda bajarishga oʻrgatish;
  •  

    Iqtidorli talabalarni oʻquv reja doirasidagi mutaxassislik fanlari boʻyicha oladigan bilimlarini mustaqil ravishda ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish negizida chuqur va mukammal egallashlariga shart-sharoitlar yaratish va koʻmaklashish.

Bog`lanish uchun ma’lumotlar:

Manzil: 100000, Amir Temur shoh ko‘chasi, 60-a uy.

Tel: (99871) 235-37-48

E-mail: kmom@tfi.uz

 

Success helper
Success warning