O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi
O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi

  Umumiy ma’lumotlar 

  Kafedra mudiri:  Husanov Nishonboy Abdusattorovich

  Qabul vaqti: 1400 – 1700

 Telefon:  (0 371) 234-25-19

  E-mail: ozbekvarustillari@tfi.uz

Kafedrada rahbarlik qilgan professor-o’qituvchilar haqida ma’lumot

 “O’zbek va rus tillari” kafedrasi 1991-yilda tashkil etilgan bo’lib, 1991-1996-yillarda kafedraga dotsent Dildora G’ulomova rahbarlik qilgan.

 

 1996-yil  16-oktyabrdan   professor Husanov Nishonboy Abdusattorovich mudirlik qilmoqda. “Chet tillari” kafedrasi 1991-yilda tashkil topgan. Kafedrada milliy va rus guruhlarga dars 3 xil tilda ingliz, nemis va fransuz tillarida darslar olib boriladi.

Kafedra tarixi

 O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi, “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining rusiyzabon guruhlarida o’zbek tilini ikkinchi til (davlat tili) sifatida o’qitish hamda o’zbek guruhlarida jahon tillaridan biri bo’lgan rus tilini o’rgatishni yanada takomillashtirish ko’zda tutilgan.

 

 Kafedra respublika oliy o’quv yurtlaridagi turdosh kafedralaridan amalga oshirayotgan o’quv,  ilmiy va uslubiy ishlari bilan ajralib turadi. Kafedra jamoasi 9 nafar pedagog-xodimdan va kabinet mudiridan iborat. Kafedra pedagog-xodimlari tarkibi: 1 nafar fan doktori, professor;  2 nafar fan nomzodi, dotsent; 4 nafar katta o’qituvchi, 1 nafar o’qituvchi, 1 nafar assistent.

 

 Bu davr mobaynida kafedrani dotsent B.Jurayev, 1996-yildan dotsent D.Abidova, 2007-yildan 2016-yilgacha faxriy dotsent M.Nabiyeva boshqarishgan. 2016-yildan boshlab yosh mutaxassis I.Haydarov kafedra mudiri sifatida tayinlandi.

Kafedra professor-o’qituvchilari ta’lim beradigan yo’nalishlar va mutaxassisliklar (bakalavriat )

  Bakalavriat:

 100000– Gumanitar

 200000 – Ijtimoiy soha, iqtisodiyot va huquq

 110000 – Pedagogika

 230000 – Iqtisod

 52306000 – Moliya

 5230700 – Bank ishi

 5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)

Kafedra bo’yicha belgilangan shtat birligi

 Hozirda kafedrada 45 ta pedagog-xodim bo`lib ulardan  1 ta fan doktori, professor, 3  ta fan nomzodi, dotsentlar,  25 ta katta o’qituvchilar, 16  nafar o’qituvchi faoliyat olib borishmoqdalar. 2019-2010 o`quv yilida umumiy shtati  40,5 tani tashkil etadi. Kafedranining ilmiy salohiyati 11,5% ni tashkil qiladi. O`rtacha yosh 44 yosh bo`lib, 8 nafar o`qituvchi pensiya yoshidadir.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar

Foto surati F.I.Sh Ilmi darajasi  va unvoni Е-mail
1

Saparov Aktam

Juraevich

 

F.f.n., dots. saparov@tfi.uz
2

Бердиева Мукаррама

Анваровна

к.ф.н., доц mukarrama42@rabler.ru
3

Diyorova Nargiza

Omonovna

 

k.o`q diyorova@tfi.uz
4

Shermuxamedova Surayo

Nigmatullayevna

k.o`q shermuhammedova@tfi.uz
5

Maxkamova Shaxnoza

To’ychiboevna

o`q mahkamova@tfi.uz
6

Dilmurodova Nilufar

Asatullayevna

k. o‘q dilmurodova@tfi.uz
7

Xo’jaqulova Ra’no

Sharipovna

k.o`q xo’jaqulova@mail.ru
8

Saloxojaeva Farangiz

Amonxo`jaevna

 

o‘qituvchi saloxojaeva@tfi.uz
9

Avezova Mohigul 

Rustamovna

o‘qituvchi ozod123@gmail.uz
10

Aripova Mashkura

Xabibullaevna

katta o‘qituvchi

aripovam1968@mail.ru

11

Xoshimova Nargiza 

Giyasovna

katta o‘qituvchi
12

Ibragimova Feruza 

Xolboevna

dotsent Ibragimova2@mail.ru
13

Islamova Toxira 

Rixsibaevna

katta o‘qituvchi toxira@mail.ru
14

Ivlieva Galina

Gafurovna

 

katta o‘qituvchi gagafu56@mail.ru
15

Erdanova Sevara

Anvarovna

 

katta o‘qituvchi Erdanovasevara@mail.ru
16

Madalieva Dilafruz

Bahodirovna

o‘qituvchi dilyafayz@mail.ru
17

Zakirova Dilorom

Yuldashevna

katta o‘qituvchi Zakirova@mail.ru
18

Sattorova Marifat

Artiqovna

o‘qituvchi Sattorovamarifat@mail.ru
19

Murodova Nasiba

Turgunbaevna

katta o‘qituvchi Murodva12@mail.ru

Kafedraga biriktirilgan ta’lim yo’nalishi va mutaxassisliklar

 - O’zbek tili;

 - Rus tili;

 -  Biznes muloqot va akademik yozuv;

 - ingliz tili;

 -  nemis tili;

 - fransuz tili;

 - amaliy ingliz tili;

Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati

 Kafedrada monografiya, ilmiy maqola va ma’ruza tezislari ko’rinishidagi ilmiy ishlar chop etilgan.

 

 Kafedra o’zbek va rus tillarining leksik xususiyatlari, xususan, iqtisodiy so’z va terminlarning shakllanishi, qo’llanilishi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi.

 

 Kafedrada filologiya fanlari doktori N.Husanovning “O’zbek antroponimlari tarixi”, “Shayx Sulaymon Buxoriy” monografiyalari, , dotsent A.Saparovning  ruscha-o’zbekcha iqtisodiy terminlar lug’ati chop etilgan. 2017-kalendar yilida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan  xorijiy jurnallarda 7 ta ilmiy maqolalar nashr etildi. Jumladan: «Filologicheskie nauki» (Tombov sh., Rossiya), «Vestnik sovremennoy nauki» (Volgograd sh., Rossiya), «Aktualnie problemi gumanitarnix i estestvennix nauk» (Moskva sh., Rossiya). Shu bilan birgalikda  OAK tasarrufidagi respublika ilmiy jurnallarida 6 ta ilmiy maqola, xorijiy konferensiya to’plamlarida  7 ta ilmiy tezis, respublika ilmiy konferensiya to’plamlarida 23 ta ilmiy tezislar nashr etildi. Chet tillariga juda katta e’tibor qaratilayotgan hozirgi davrda milliy ta’limni rivojlantirish uchun pedagog-xodimlarimiz ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishib, monografiya va ilmiy maqolalarini chop ettirishmoqda (N.Muradova, F.Ibragimova). O‘quv uslubiy qo‘llanmalar: M.Sattorova, N.Muradova, F.Ishanxodjayevalar tomonidan chiqarilgan va kafedra a’zolari tomonidan ko‘plab didaktik o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ustida ish olib borilmoqda. Bundan tashqari chet-tillari kafedrasi professor-o`qituvchilari muntazam ravishda o`zlarining ilmiy-maqolalarini “World of science”, “World social science”, “Danish scientific jounal” kabi dunyoning nufuzli jurnallarida chop ettirib borishadi.

 

 Respublika va institut miqyosida bo‘lib o‘tgan ko‘plab tadbirlarda pedagog-xodimlarimiz qatnashib kelishmoqda. O‘qituvchilar katta mas’uliyat bilan O‘zbekiston Respublikasida chiqarilayotgan barcha farmon va farmoyishlarga, Davlat normativ hujjatlariga asoslanib talabalar orasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda.

 

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilinishi munosabati bilan chet tili o‘qituvchilari o‘z professional bilimlarini oshirish uchun salmoqli ishlar qilinmoqda.Jumladan kafedra professor o’qituvchilari 1nafari IELTS va 9 nafari SEFR sertificatlariga ega.

 

 Ko‘p yillik tajribaga ega yetakchi o‘qituvchilar yosh mutaxassislarga pedagogik mahoratini oshirish sirlarini o‘rgatmoqda va darslarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo‘llanilishi katta samara bermoqda.

 

O’quv-uslubiy ishlar

 Kafedrada hozirgi kunda bakalavriat  bosqichida 8 ta fandan dars mashg’ulotlari olib boriladi. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ushbu fanlardan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, o’quv va ishchi dasturlar, o’quv-uslubiy majmualar, ishchi daftarlar va boshqa turdagi uslubiy ko’rsatmalar tayyorlangan.  Kafedrada yetakchi pedagog-xodimlardan – R.Azimboyeva, G.Qulahmedova, F.Ibragimovalar magistraturada talabalarga bilim berib kelmoqda. 

 

 Kafedrada o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha o‘quv ishchi dasturlar, amaliy mashg‘ulotlar va talabalar bilimini reyting asosida baholash mezonlari, test savollari variantlari, yozma ish variantlari va boshqa zarur materiallar mavjud. Talabalarni adabiyotlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish maqsadida kafedrada o‘qitiladigan fanlardan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, amaliy mashg‘ulotlarning pedagogik texnologiyalarini tayyorlashga alohida ahamiyat beriladi.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan olib borilyotgan ilmiy ishlar

 Kafedrada monografiya, ilmiy maqola va ma’ruza tezislari ko’rinishidagi ilmiy ishlar chop etilgan.

 

 Kafedra o’zbek va rus tillarining leksik xususiyatlari, xususan, iqtisodiy so’z va terminlarning shakllanishi, qo’llanilishi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi.

 

 Kafedrada filologiya fanlari doktori N.Husanovning “O’zbek antroponimlari tarixi”, “Shayx Sulaymon Buxoriy” monografiyalari, dotsent D.Rasulmuhamedovaning «Amir  Temur siymosi» nomli ilmiy risolasi, dotsent A.Saparovning ruscha-o’zbekcha iqtisodiy terminlar lug’ati chop etilgan.

 

 2018-2019 o’quv  yilida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan  xorijiy jurnallarda 6 ta ilmiy maqolalar nashr etildi. Jumladan: «Filologicheskie nauki» (Tombov sh., Rossiya), «Vestnik sovremennoy nauki» (Volgograd sh., Rossiya), «Aktualnie problemi gumanitarnix i estestvennix nauk» (Moskva sh., Rossiya). Shu bilan birgalikda  OAK tasarrufidagi respublika ilmiy jurnallarida 6 ta ilmiy maqola, xorijiy konferensiya to’plamlarida  7 ta ilmiy tezis, respublika ilmiy konferensiya to’plamlarida 23 ta ilmiy tezislar nashr etildi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

 Kafedra pedagog-xodimlari tashkil etiladigan barcha jamoat ishlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelishmoqda.

 

 Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari rejaga asosan institut miqyosida “Moliyaviy menejment” fakultetida va institutning “Talabalar turar joyi”da turli sana va bayramlarga bag’ishlangan anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o’tkazib boriladi. Jumladan, “O’zbek va rus tillari” kafedrasi jamoasi tomonidan A.Navoiy, Z.M.Bobur, Amir Temur, A.S.Pushkin hayoti va faoliyatiga  bag’ishlsngan tadbirlar, Davlat tili, hamda Xalqaro ona tili kuniga bag’ishlangan tadbirlar  institut miqyosida o’tkazilib kelinayapdi.

Xalqaro hamkorlik

 “O’zbek va xorijiy tillar” kafedrasi  ilmiy-tadqiqot, o’quv uslubiy sohada qator mamlakatlar nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan. Xususan, Rossiya Federatsiyasi Moskva pedagogika Davlat universiteti(13.01.2018),  bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. Hamkorlik doirasida NDPU Filologiya instity rus tilini o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri  prof.Yanchenko V.D. 2019 yil mart oyida institumizga tashrif buyurdi. Tashrif davomida master klass darslari, seminarlar o’tkazdi. Anjumanda maruzasi bilan chiqdi.

 Aloqa uchun maʼlumotlar:

 Manzil: 100000, Amir Temur koʻchasi, 60-A

 Telefon: (99871) 2348552

 E-mail: kurt@tfi.uz

 

 

Success helper
Success warning