Magistratura qabuli
Magistratura qabuli

     2020 yil 1 iyuldan Respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi PQ-4749-son (https://t.me/eduuz/2492) qaroriga muvofiq 2020/2021 o‘quv  yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishgakirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti (magistr.edu.uz) orqali amalga oshiriladi, OTMlarda qabul qilinmaydi!

Hujjat topshirish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar:

  1. Pasport ma’lumotlari to‘ldiriladi. Bunda abiturient JShShIR raqamini hamda pasport seriyasi va raqamini kiritadi. (Pasportning skaner yoki rasm varianti talabe tilmaydi);
  2. Doimiy yashash manzili kiritiladi;
  3. Bakalavrda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari kiritiladi;
  4. Diplomning rasmi hamda baholar qayd etilgan ilovaning skaner varianti yuklanadi;
  5. Agar abiturient imtiyozlarga ega bo‘lsa, ya’ni chet tilini bilish sertifikati, olimpiadalar g‘olibligi, Prezident yoki nomli stipendiya sohibi ekanligi va h.k.larni tasdiqlovchi hujjatlarni kiritadi;
  6. Hujjat topshirmoqchi bo‘lgan mutaxassisligini tanlaydi.

Eslatma: Abiturientdan shundan boshqa qo‘shimcha hujjatlar, masalan fotosurat, maqolalarining nusxasi, tibbiy ma’lumotnoma talab etilmaydi!

Magistraturaga faqat 2 ta fandan imtihon bo‘ladi: mutaxassislik fani (100 balgacha) va chettili (50 balgacha).

Shuningdek, bitiruvchining diplom ilovasida qayd etilgan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ham qo‘shiladi (100 balgacha).

Magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 250 nitashkiletadi.

Xalqaro tan olingan chettilini bilishdarajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2) yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.

Magistraturaga qabul koronavirus pandemiyasi sharoitidan kelib chiqib, on-layntest o‘tkazish orqali belgilangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Magistraturaga kirish sinovlari tarkibiga (xususan, mutaxassislik fanlari bo‘yicha kirish sinovlari tarkibiga) tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarni ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni aniqlash bo‘yicha test savollari ham kiritiladi.

Success helper
Success warning