NIMA UCHUN BIZ?
NIMA UCHUN BIZ?

SIZNING O’ZBEKISTONDAGI INSTITUTINGIZ

    Bizning talabalarimiz sifatli oliy ta’lim olish uchun dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurishadi va siz ham ulardan biri sifatida jahon standarti darajasida ta’lim olish orqali shunchaki bitiruvchi emas, balki malakali mutaxassis bo’lasiz. O’quv jarayonida orttirgan bilim esa nafaqat sizga, balki atrofingizdagi barcha odamlarda ham juda katta o'zgarishlar olib keladi.

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

            Toshkent moliya instituti (keyingi o’rinlarda “TMI” deb ataladi). TMI 1991 yil 13 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207 sonli Farmoniga muvofiq, Toshkent xalq xo‘jaligi institutining Moliya-kredit va Hisob-iqtisod fakultetlari negizida tashkil etilgan. Bugungi kunda institut faoliyati doktorantura, tayanch doktorantura, magistratura mutaxassisliklari va bakalavrlar ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlashga qaratilgan. TMI 2008 yilda Yevropa milliy qo’mitasi tomonidan “European quality” (Yevropa sifati) belgisi bilan taqdirlangan. Shuningdek, ushbu yilda dunyoning 1000 ta eng yaxshi biznes maktablari qatoriga kiritilgan.

     Toshkent moliya instituti 2008 yilda Yevropa biznes assambleyasining nominatsiyasining "Evropa sifati" xalqaro mukofoti ega bo'ldi. Xuddi shu yili Toshkent moliya instituti “EDUNIVERSAL” Xalqaro ilmiy komissiyasi tomonidan dunyodagi 1000 ta eng yaxshi biznes maktablaridan biri sifatida tanlandi.

 

     2011-yilda Toshkent moliya institutining “Iqtisodiy tahlil” magistr yo‘nalishi “Worldwide Economics” tomonidan eng yaxshi 200 ta magistratura dasturidan biri sifatida e’tirof etiladi. Bundan tashqari, 2012-yilda “Xorijiy kompaniyalarning iqtisodiy tahlili magistri” Markaziy Osiyodagi eng yaxshi     10 ta magistratura dasturidan biri sifatida tanlandi.

     Toshkent moliya instituti 2014 yilda Markaziy Osiyoning eng yaxshi 5 ta biznes maktabi qatoriga kiritildi. "TMI" ning "EDUNIVERSAL" biznes maktablari reytingiga "2 farq palmalari" – kuchli biznes maktabi sifatida kiritilganligi esa bu yutuqlarning davomi bo’ldi.

Success helper
Success warning