“Biz baxtli bolalarmiz!” nomli ma’daniy tadbir o‘tkazildi

“Biz baxtli bolalarmiz!” nomli ma’daniy tadbir o‘tkazildi

Bolajonlarning yozgi ta’tilini mazmunli o‘tkazish, ularni yanada xursand qilish va ayniqsa, mehr va eʼtiborga muhtoj boʻlgan bolalarga ma’daniy tadbir tashkil etish maqsadida Toshkent moliya instituti jamoasi tomonidan Parkent tumani So‘qoq qishlog‘ida joylashgan “Lider” yozgi lagerida 21-sonli mehribonlik uyi bolajonlari uchun “Biz baxtli bolalarmiz!” nomli ma’daniy tadbir o‘tkazildi.






Tadbir institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. U.Narbayev, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, institut ilmiy-abadiy maslahatchisi, shoir Bobur Bobomurod, "O‘zbekkonsert" xonandalari Sherbek va Kumush, Zokirjon G‘ulomov hamda “Moliyachi gulshani” ashulla va raqs ansambli ishtirokida tashkil qilindi.











Tadbir davomida bolajonlarning har biriga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.





19:30 / 2022-07-15
Success helper
Success warning