Hamkorlik

Hamkorlik

Taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda innovatsion hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish, talabalarning stajirovkasini samarali tashkil etish va amaliyot joylarida ish tajribalarini oshirish maqsadida, joriy yilning 16-mart kuni Toshkent moliya instituti va “HAVAS FOOD” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʼshma korxona oʼrtasida oʼzaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. 

 

Tadbirda Toshkent moliya instituti rektori, professor Teshabayev Toʼlqin Zakirovich va korxona ijrochi direktori Karimov Аbbos Аkmalovich, korxonaning HR boʼlimi vakillari bilan birgalikda ishtirok etishdi. 

 

 

Ushbu hamkorlik shartnomasi doirasida institut bitiruvchilari uchun ishlab chiqarish amaliyoti, stajirovkalarni tashkil etish, institut tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirishga koʼmaklashish, shuningdek institut professor-oʼqituvchilari jamoasi bilan hamkorlikni kengaytirish hamda korxona xodimlari uchun qoʼshma seminar-treninglar oʼtkazish koʼzda tutilgan.


 

17:42 / 2022-03-17
Success helper
Success warning