2024-yil 14-mart kuni TDIU Moliya fakulteti “Moliya” kafedrasi tomonidan “Kafedra haftaligi” doirasida “Mahalla – milliy qadriyatlar maskani, yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash markazi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashqil etildi.
Tadbirda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari malakasini oshirish instituti direktori Tog‘ayev Baxodir Anorbayevich “Mahalla yettiligining jamiyat hayotini boshqarishda tutgan o‘rni va roli” hamda Nuroniy jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Rajabov Shuxrat Payg‘ambarovich “Navro‘z – milliy-madaniy qadriyatlar, bunyodkorlik, birdamlik va mehr-sahovat bayrami” mavzularida ma’ruza qildilar.
Mazkur tadbirda “Moliya” fakulteti o‘rinbosari M. Rustamov, “Moliya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, fakultet talaba-yoshlari eshtirok etdilar.
Prezidentning tegishli qaroriga asosan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent Moliya instituti va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal instituti birlashtirildi.
Hukumat qarori bilan iqtisod fanlari doktori, professor Teshabayev Toʻlqin Zakirovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi.
Joriy yilning 7-fevral kuni Toshkent moliya instituti Ilmiy -tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan doktorantlar, tayanch doktorantlari uchun “Bank ishi” kafedrasi, professori Omonov Akrom Abdinazarovich tomonidan “Milliy iqtisodiyot va milliy valyutaning barqarorligi” mavzusida hamda “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi, dotsenti Jumaniyozova Muqaddas Yuldashevna tomonidan “Облачными и блокчейн технологии в цифровой экономике” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu seminar-treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad - doktorantlarning dissertatsiya ishlari doirasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, olingan natijalarni tahlil qilish hamda kamchiliklarni bartaraf etgan holda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini talablarga muvofiq rasmiylashtirish va himoyaga tayyorlashda yordam berishga mo‘ljallangan.
Joriy yilning 7-fevral sanasida Toshkent moliya instituti Buxgalteriya hisobi va audit fakultetida “Buxgalteriya hisobi” va “Audit”kafedralari tashabbusi bilan 4-kurs BHA-82-83-akademguruhlari talabalari hamda kafedra professor-o‘qituvchilari uchun Malayziyaning Monash universiteti professori, Avstraliya professional moliya, buxgalteriya hisobi (FSPA) xalqaro tashkiloti eksperti Norita Mohd Nasir tomonidan moliyaviy hisobot va auditning xalqaro standartlarini amaliyotda qo‘llashni takomillashtirish bo‘yicha master-klass o‘tkazildi.
Mazkur master-klass davomida professor Norita Mohd Nasir “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari, “Buxgalteriya hisobi” va “Audit”kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan xalqaro standartlarni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.