Tanishtiruv xaftaligi doirasida "Rektor va talabalar uchrashuvi" tadbiri o‘tkazildi.

Tanishtiruv xaftaligi doirasida "Rektor va talabalar uchrashuvi" tadbiri o‘tkazildi.

    Talabalikka tavsiya etilgan fuqarolar uchun 2020-yilning 12-oktyabr sanasidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida grafik asosida tanishtiruv darslari an’anaviy shaklda boshlandi.

    Karantin talablaridan kelib chiqib, institutda talabalar turar joylari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilganligi sababli, institutdan uzoq hududlarda yashovchi o‘qishga tavsiya etilgan yoki o‘z hisobidan vaqtinchalik turar joy bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 1-kurs talabalarini o‘quv jarayoni bilan tanishtirish maqsadida Toshkent moliya instituti rektori Teshabaev To‘lqin Zakirovich boshchiligida "Talabalar va rektor uchrashuvi" tadbiri onlayn shaklda o‘tkazildi.

   Institut, o‘quv jarayonining tashkil etilish tartibi, to‘lov-shartnoma shartlari, masofaviy o‘qitish tizimining ishlash tartibi, professor-o‘qituvchilar to‘g‘risidagi va shu kabi ma’lumotlar yig‘ilish davomida talabalarga yetkazildi.

 

 

 

 

 

 

 

17:17 / 2020-10-16
Success helper
Success warning