“Bank ishi” fakultetida Vatan himoyachilari kuni!

“Bank ishi” fakultetida Vatan himoyachilari kuni!

     14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni “Bank ishi” fakultetida munosib nishonlandi.

    13-yanvar kuni talabalar o’rtasida “Super Bankir” tanlovi bo’lib o’tdi. Unda fakultetning 15 nafar talaba yigitlari yigitlik vazifalar bo’yicha bilimdonlik, topqirlik, chaqqonlik borasida kuch sinashdi. Murosasiz kechgan 14 ta turda fakultetning 3 nafar talabalari BI-31 guruh talabasi Anvarov Xumoyun, BI-73i guruh talabalari Yuldashev Islombek va Xudoyberdiyev Javharbek final bosqichiga chiqishdi va Yuldashev Islombek barcha turlarda g’olib bo’ldi va “Super Bankir” nominatsiyasini qo’lga kiritdi.

    14-yanvar kuni talaba qizlar yigitlarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida xarbiy kiyimda ularni tantanali kutib olishdi va xar bir talabani fakultet xotin qizlar qo’mitasi nomidan muborakbod etdilar.

 

15:51 / 2021-01-20
Success helper
Success warning