“AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARI” MAVZUSIDA OCHIQ DARS

“AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARI” MAVZUSIDA OCHIQ DARS

 2019-yil 16-dekabr kuni “Moliya iqtisodiyot” fakulteti 1-kurs MM-52 akademguruhida “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi katta o’qituvchisi L.Z.Mirzayeva tomonidan “Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi.

 

 Ochiq dars jarayonida hozirgi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxona, firma va ko’plab sohalarning ish-rejalarini muvofiqlashtirishda, tezkor qarorlarni ishlab chiqish, moddiy va moliyaviy resurslar bilan aniq harakat qilish orqali avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining eng katta samaradorligiga erishilishi, jamiyatni axborotlashtirishning zamonaviy darajasi iqtisodiy obyektlarning turli-tuman axborot tizimlarida eng yangi texnik, texnologik, dasturiy vositalardan foydalanishni taqazo qilinishi yoritildi. Nazariy va amaliy misollar asosida  avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining afzallik va kamchiliklariga aniq misollar keltirilib ma’lumotlar aniq yoritib berildi.

 

 Dars davomida o’qituvchi va talabalar o’rtasida interfaol usullar yordamida qizg’in savol-javoblar olib borildi. Ochiq darsda TATU “Axborotda ta’lim tizimlari” kafedrasining dosenti, i.f.n. S.Gaipnazarov, “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedra professor o’qituvchilari: dosent Yo.Ilxomova, k.o’q. M.Azizova, k.o’q. G.Djamalova va k.o’q.U.Asrayevlar ekspert sifatida ishtirok etdilar.

 

 

19:00 / 2019-12-17
Success helper
Success warning