Abdulla Qahhor – tengsiz ijodkor

Abdulla Qahhor – tengsiz ijodkor


2022-yilning 5-oktabr kuni Toshkent moliya instituti “Budjet hisobi va gʻaznachilik” fakulteti tomonidan Adiblar xiyobonida “Abdulla Qahhor – tengsiz ijodkor” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir tashkil etildi. 


Tadbirda “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Nishonboy Husanov, institutning  Abdulla Qahhor ijod muzeyi badiiy rahbari Nuriddin Ochilov, kafedrada dotsent v.b. Shahnoza Maxkamovalar soʻzga chiqib, oʻzbek adabiyotining yorqin vakili, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhorning hayoti, ijodi, bizga qoldirgan badiiy merosi haqida qiziqarli maʼlumotlarni soʻzlab berdilar. 



Tadbirda “Abdulla Qahhor” nomidagi stipendiya sohiblari Lobar Boymurotova, Ibrohim Mingboyev va bir qator iqtidorli talabalar adib hikoyalaridan parchalar keltirib uning mazmun-mohiyatini hozirgi kun bilan bogʻlab, talaba-yoshlarga keng tarzda yoritib berdilar, fikr-mulohaza yuritdilar va yoshlarni ushbu asarlarni oʻqishga chorladilar.








Tadbir soʻngida “Moliyachi gulshani” ansambli ishtirokchilaridan iborat talaba-yoshlar tomonidan milliy kuy va qoʻshiqlar ijro etildi. Samimiy suhbat asosida  oʻtkazilgan ushbu tadbir talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

09:40 / 2022-10-06
Success helper
Success warning