Buyuk Britaniyaning “Advance HE” kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi

Buyuk Britaniyaning “Advance HE” kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi

2022-yil 9-mart kuni Buyuk Britaniyaning “Advance HE” xalqaro konsalting  kompaniyasi vakili janob Daniel Sheratte bilan Toshkent moliya institutida ilmiy-inovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan onlayn uchrashuv oʻtkazildi.

 

Uchrashuvda ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor A.Islamkulov va Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi S.Avazxodjayev ishtirok etdilar.

 

Onlayn muloqot davomida, halqaro kompaniya bilan birgalikda oliy taʼlimda taʼlim sifatini oshirish, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni hamkorlikda tayyorlash, shuningdek, Angliya OTMlari bilan qoʻshma ilmiy loyihalarni tayyorlash, kelgusida Toshkent moliya institutining xalqaro reytinglarga (TOP-1000) kirishini amalga oshirish kabi vazifalar muhokama etildi.

15:12 / 2022-03-10
Success helper
Success warning