Muvaffaqiyat kaliti

Muvaffaqiyat kaliti

Joriy yilning 18-fevral kuni Toshkent moliya instituti "Digital Finanse" inkubatsiya va akseleratsiya markazi tomonidan Alibazar.uz, Europol.uz va AQSHdagi bir necha bizneslar asoschisi Alisher Avazov ishtirokida trening tashkil etildi.

Mazkur trening orqali talabalar Alisher Avazovdan hayotdagi har bir inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini aniqlab olishi, kelajakda muvaffaqiyatga erishish yo‘nalishlari borasida foydali bo‘lgan maslahatlarni olishdi.








Trening so‘ngida talabalar muvaffaqiyatli kelajakka erishish borasidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi hamda tadbirning samarali o‘tganligini taʼkidlashdi.


14:39 / 2022-02-21
Success helper
Success warning