Toshkent moliya instituti vakillari Artel innovatsion oʻquv markazining ochilish marosimida ishtirok etishdi

Toshkent moliya instituti vakillari Artel innovatsion oʻquv markazining ochilish marosimida ishtirok etishdi

2021-yil 23-dekabr kuni Artel kompaniyasida Artel innovatsion oʻquv markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. 

Mazkur tantanali tadbirda Toshkent moliya institutining  Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich boshchiligida institutimiz vakillari ham ishtirok etishdi. Shuningdek, ochilish marosimida kompaniya rahbariyati, Artel bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan qator oliy oʻquv yurtlarining professor oʻqituvchilari va talabalar ishtirok etdi. 

Artel innovatsion oʻquv markazi malakali kadrlar zaxirasini yaratish, ularning bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash, oʻqitishning sifati va samaradorligini oshirish hamda ishlab chiqarish zavodlarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. 

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mazkur o'quv markazining ahamiyati borasida o'z fikrlarini bildirdi. Yakunda tadbirga tashrif buyurganlar Artel innovatsion o'quv markazi bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo'lishdi.








 

12:55 / 2021-12-24
Success helper
Success warning