GROSS INSURANCE vakillari talabalar uchun mahorat darsi o‘tdi

GROSS INSURANCE vakillari talabalar uchun mahorat darsi o‘tdi

 

 

“Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasining 2023-yilga mo‘ljallangan ta’lim sifatini oshirish siyosatida institutda o‘tkazilayotgan dars mashg‘ulotlariga sug‘urta amaliyotining yetakchi va tajribali mutaxassislarini jalb etish nazarda tutilgan.
 

Shuni e’tiborga olgan holda 2023-yil 29-mart kuni respublikamizning yetakchi sug‘urta kompaniyalaridan biri – GROSS INSURANCE sug‘urta kompaniyasi buxgalterlari U.Shirinboev va M.Abduvaitova Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti 3-kurs XBA-30, XBA-31 va XBA-32 guruhlari talabalari uchun “Sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish” mavzusida mahorat darsi o‘tdilar.
 

GROSS INSURANCE sug‘urta kompaniyasi misolida sug‘urta operatsiyalarini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirish, kompaniyaning buxgalteriya balansi va uning tarkibi, sug‘urta kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlar to‘g‘risida namoyish etilgan taqdimot talaba-yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
 

Kompaniya vakillari talabalarning mavzu doirasidagi ko‘plab savollariga malakali javob qaytardilar. Talabalar institutda tashkil etiladigan ma’ruza darslariga buxgalteriya xodimlari bilan bir qatorda sug‘urta sohasi mutaxassislarini ham jalb etish zarurligi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

 

11:14 / 2023-03-31
Success helper
Success warning