Institut vakillari Karlov universiteti taʼlim jarayoni bilan tanishdi 

Institut vakillari Karlov universiteti taʼlim jarayoni bilan tanishdi 

 

Ayni vaqtda Chexiya Respublikasida malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan bir guruh institut professor-o‘qituvchilari QS World University Rankings xalqaro reytingida 288-o‘rinda bo‘lgan Yevropadagi eng qadimiy oliygohlardan biri hisoblanmish Karlov universitetining taʼlim jarayoni bilan yaqindan tanishdi.



 

Xususan, vakillarimiz mazkur oliygohda o‘quv jarayonlarini tashkil etilishi, kafedralar, markazlar faoliyati, shuningdek, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.



 

Xorijiy universitet professor-o‘qituvchilari bilan bugungi zamon oliy taʼlim sohasidagi  zamonaviy tendensiyalar borasida fikr-mulohazalar almashildi.



 

Maʼlumot uchun: Karlov universiteti Chexiya Respublikasining Praga shahrida joylashgan davlat tadqiqot universitetidir. U 1348 yilda tashkil etilgan va Yevropadagi eng qadimgi universitetlardan biri hisoblanadi. Ushbu oliy taʼlim muassasasida 50 000 dan ortiq talabalar tahsil olishmoqda.

 

19:26 / 2023-08-17
Success helper
Success warning