Kredit-modul tizimida oʻquv jarayonining uslubiy taʼminoti

Kredit-modul tizimida oʻquv jarayonining uslubiy taʼminoti

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 19-noyabrdagi “Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari uchun kredit-modul tizimi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha qisqa muddatli trenerlar tayyorlash kursini tashkil etish to‘g‘risida”gi 483-son buyrug‘i hamda 2022-yil 6-yanvardagi 87-02-21-sonli xatlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent moliya institutida barcha rahbar va pedagog kadrlar uchun kredit-modul tizimi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 7-yanvar kuni institutning barcha rahbar va pedagog xodimlari uchun “Kredit-modul tizimida o‘quv jarayonining uslubiy taʼminoti” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.








Seminar-treningda Respublikamizda oliy taʼlim sohasini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar, o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etishning uslubiy taʼminoti xususida tinglovchilarga atroflicha maʼlumotlar berildi.











Seminar-trening qizg‘in savol-javoblar va bahs-munozaralar asosida o‘tmoqda.

Seminar-treninglar 2022-yil 22-yanvarga qadar davom etadi.

 

10:10 / 2022-01-08
Success helper
Success warning