Kurash sport turi bo’yicha “Rektor kubogi”

Kurash sport turi bo’yicha “Rektor kubogi”

Xabaringiz borki, kurash sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolangan edi. Unga ko’ra oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ushbu sport turini yanada ommalashtirish ustuvor vazifa etib belgilandi.

 

Bugun 22-fevral kuni Oliy o’quv yurtlararo sport kompleksda turli oliy ta’lim muasasalari talabalari o’rtasida kurash sport turi bo’yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 

 

Yakuniy natijaga ko’ra umumjamoa hisobida:
3-o‘rinni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat istituti;
2-o‘rinni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislik instituti;
1-o‘rinni esa Toshkent moliya institutining polvon yigitlari qo’lga kiritdilar.

 

Muvaffaqiyatlar bardavom bo’lsin! Yaratgan yuzlarimizni hamisha yorug’ aylasin!

 

15:02 / 2021-02-24
Success helper
Success warning